23
ma’lumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi
harbiy xizmatchilar yashash joylari bo‘yicha umumiy asoslarda saylovchilar
ro‘yxatiga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa
vakolatxonalari huzurida, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va
boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum
etish joylarida tuzilgan uchastkalar bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatlari mazkur
muassasalar rahbarlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida tuziladi.
Ovoz beruvchilarning yagona elektron ro‘yxati vakolatli davlat organlarining
axborot bazalariga muvofiq saylovchi fuqarolar, ularning doimiy va vaqtincha
yashash joylari manzillari haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan davlat axborot
resursidir.
Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasi binosida saylovchilar ro‘yxati bilan
tanishish, shuningdek Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali
saylovchilar ro‘yxatidan o‘zlariga tegishli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati
ta’minlanadi.
Ovoz beruvchilarning ro‘yxatlari saylovga o‘n besh kun qolganida,
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa
vakolatxonalari huzurida, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va
boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan
hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum
etish joylarida tuzilgan uchastkalarda esa saylovga uch kun qolganida hamma
tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Uchastka saylov komissiyasi ro‘yxat bilan tanishish joyi va vaqti to‘g‘risida
xabardor etadi.
Dostları ilə paylaş: