38
Ijtimoiy-bozor xo‘jaligi modeli (Germaniya) – ushbu model raqobatga
asoslangan bozor mexanizmi rivojlangan ijtimoiy infratuzilmaga ega ijtimoiy bozor
xo‘jaligini o‘zida aks ettiradi. Bu model tartibga solinmaydigan kapitalizm
sharoitida jamiyatdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini (kam ta’minlanganlar,
ishsizlar, yoshlar, kichik va o‘rta firmalar) muntazam qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda
tutadi. Davlat yetarli daromad darajasini mustaqil ta’minlay olmaydigan ijtimoiy
toifalarning iqtisodiy farovonligini ta’minlashda keng qamrovli majburiyatlarni o‘z
zimmasiga oladi.
Shved modeli – ushbu modelda ijtimoiy konsensusga erishish maqsadida
daromadlarni keng ko‘lamda qayta taqsimlash asosida ijtimoiy kafolatlarni
ta’minlashga erishiladi. Bu maqsadga erishishda umumjamiyat manfaatlari va
xususiy sektor manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradigan kasaba
uyushmalari va turli xil “erkin uyushmalar” muhim o‘rin tutadi. Bu jarayon
tadbirkorlar va kasaba uyushmalarining kelishuvlari hamda siyosiy kuchlarning
muzokaralari vositasida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ushbu model iqtisodiy
qarorlarning turli guruhlar qarama-qarshiligi va maqsadlarini davlatning faol
ishtirokida muvofiqlashtirilishi orqali amalga oshirilishi tufayli “korporativ model”
ham deb nomlanadi.
Yapon modeli – iqtisodiy rivojlanishning yapon modelini shved modelining
yana bir ko‘rinishi sifatida keltirish mumkin. Yapon modeli tartibga solinuvchi
“korporativ kapitalizm” modeli hisoblanadi. Bunda xususiy kapitalni jamg‘arish
imkoniyatlari davlatning iqtisodiy rivojlanishini dasturlash, tarkibiy, investitsiya,
tashqi iqtisodiy va ijtimoiy siyosat sohalaridagi faol roli bilan uyg‘unlashib ketadi.
Tadbirkorlik sektorida davlatning ulushi yuqori bo‘lmaydi. Davlat asosiy e’tiborni
uzluksiz kasbiy tayyorgarlik orqali ishchi kuchining malakasini oshirishga qaratadi.
Shuningdek, yapon modeliga mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg‘or
shakllarini milliy an’analar bilan uyg‘unlashtirish xususiyati ham xos. Shuning
uchun iqtisodiy rivojlanishning yapon modelini iyerarxik korporativizm, deb ham
atashadi.
Dostları ilə paylaş: