O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov


Yangi iqtisodiyot tushunchasi. Raqamli iqtisodiyot va elektron



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

3. Yangi iqtisodiyot tushunchasi. Raqamli iqtisodiyot va elektron 
savdolar. 
Rivojlangan mamlakatlar “yangi iqtisodiyot”ning shakllanishi 
Rivojlangan mamlakatlar “yangi iqtisodiyot”ning shakllanishi XX asr oxiri va 
XXI asr boshlariga to‘g‘ri keladi. “Yangi iqtisodiyot” bu inson kapitalining moddiy-
ashyoviy resurslar hisoblanagan yer va kapitalga nisbatankatta ulushga ega 
bo‘lganligi bilan tavsiflanadigan sohalar majmuijan iboratdir. 
Ushbu iqtisodiyot global bozor iqtisodiyotida axborot texnologiyalarning 
rivojlanishining 
mahsulidir. 
“yangi 
iqtisodiyot” 
ayrim 
adabiyotlarda 
“axborotlashgan iqtisodiyot”, “bilimlar iqtisodiyoti”, “intensiv iqtisodiyot” deb ham 
ataladi. 
Yangi iqtisodiyot sohalari 
• 
ta’lim; 


39 
• 
axborot-kommunikatsiya bozorlari; 
• 
innovatsiyalarni ishlab chiqish; 
• 
yuqori texnologiyalar; 
• 
intellektual xizmatlar. 
Yangi iqtisodiyot ba’zida mahsulotni yaratish jarayonida axborotlar va 
bilimlarning yetakchi o‘rin tutishini e’tiborga olgan holda “axborotlashgan 
iqtisodiyot”, “bilimlar iqtisodiyoti” yoki “intensiv iqtisodiyot”, deb ham ataladi. 
Milliy iqtisodiyotning xalqaro axborot va iqtisodiy hamjamiyatga 
integratsiyasi samarasi o‘laroq, xalqaro raqobat sharoitlarida uning o‘rnini 
mustahkamlash va iqtisodiy munosabatlarini takomillashtirish uchun savdo 
amaliyotiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish 
hal qiluvchi omilga aylandi. Hozirda globallashgan kompyuter tarmoqlari orqali 
savdo aloqalarini amalga oshirish har qanday davlat
va muayyan iqtisodiy sub’ekt savdo strategiyasining asosiy bo‘g‘ini sifatida 
shakllandi. Elektron savdolarni xalqaro va milliy miqyosda amalga oshirish 
jarayonlarini o‘rgangan holda, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun 
tuzilmaviy, funksional va texnologik shart-sharoitlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, ushbu uchta omilning uyg‘unlashuvi elektron 
savdolar infratuzilmasini tashkil etadi. Albatta, biz avvalgi paragrafda elektron 
savdolarning me’yoriy-huquqiy asoslarini aloxida ko‘rib chiqqanimizning o‘zi ham 
dissertatsiya mavzusi doirasidagi masalalarni yoritishda mantiqiy ketma-ketlik va 
bog‘liqlikni ta’minlashga xizmat qildi. Aslida, sohaning me’yoriy – huquqiy bazasi 
ham keng ma’noda infratuzilmaning alohida tarmog‘i huquqiy infratuzilmani tashkil 
etishini istisno etmagan holda, elektron savdolar infratuzilmasining texnologik 
jihatlarini yoritishga harakat qilamiz. 
Elektron savdolar infratuzilmasining an’anaviy savdolar infratazilmasidan 
eng birlamchi farqi shundan iboratki, an’anaviy savdolarda muayyan makon (joy) 
infratuzilmalar asosini tashkil etsa, elektron savdolarda deyarli barcha 
infratuzilmalar faoliyati internet tarmog‘iga asoslanadi. Elektron savdolar 
infratuzilmasini batafsilroq ko‘rib chiqish uchun uning tarkibi va elementlarini 
alohida bayon qilish maqsadga muvofiq. Elektron savdolar infratuzilmasi tarkibida 
maxsus dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasi va ilovalarni boshqarish tizimi, 
telekommunikatsiya va aloqa, tovar va xizmatlar oldi-sotdisi xavfsizligi 
ta’minlovchi elektron dasturlar, virtual bank xizmatlari, maxsus to‘lov tizimlari va 
boshqa infratuzilma turlari muhim o‘rin tutadi (5.1-rasm). 


40 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin