O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Iqtisodiy faoliyat – cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, 
kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab 
chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda 
amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar majmui. 
Iqtisodiyot – mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan, 
xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma 
korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy 
munosabatlardan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy tizim. 
Ehtiyoj – insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning 
rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zarurat. 
Moddiy ehtiyoj – moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar vositasida qondiriluvchi 
zarurat. 
Ma’naviy ehtiyoj – insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va 
ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne’mat va 
xizmatlarga bo‘lgan zarurat. 
Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni – ehtiyojlarning miqdoran o‘sib, sifat 
jihatidan takomillashib borishi. 
Iqtisodiy resurslar – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida 
foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan 
sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni 
(va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish 
jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali 
yuritish qonun-qoidalarini o‘rganish. 
Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va 
jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalari, 
ularning o‘zaro bog‘liqligi. 
Iqtisodiy kategoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va 
real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.
Uslubiyat – ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-qoidalari va 
aniq hadislari. 
Ilmiy abstraksiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi 
darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan 
jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin