O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov


 Davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirish mexanizmi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

3. Davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirish mexanizmi. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish obʼektiv tavsif kasb etadi. 
Koʼplab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining 
zarurligini faqat bozorning kamchiliklari, uning koʼplab iqtisodiy muammolarni hal 
eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. Bu maʼlum maʼnoda toʼgʼri boʼlsada, biroq, 
iqtisodiyotga davlat taʼsirining obʼektiv zarurligi eng avvalo ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solishning obʼektiv asosi boʼlib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro 
miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning 
umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi. 
Bu jarayon quyidagilarda namoyon boʼladi: 

chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab 
chiqarish ixtisoslashgan tarmoqlarining oʼzaro aloqasi va oʼzaro bogʼliqligi yanada 
kuchayadi;

ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida 
alohida xoʼjalik birliklarining mayda boʼlaklarga ajralib ketish holatlari barham 
topadi; 

ishlab chiqarishning yirik korxonalarda toʼplanuvi jarayoni oʼsadi; 

turli iqtisodiy mintaqalar oʼrtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat 
almashuvi jadallashadi. 


16 
Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan oʼzaro 
muvofiqlashtirilgan holda xoʼjalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini ongli 
ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit iqtisodiyotni 
markazlashtirilgan holda boshqarishga obʼektiv ehtiyoj paydo boʼladi. Shunga 
koʼra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish 
munosabatlarining har qanday tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining maʼlum 
darajasida obʼektiv zaruriyatga aylanadi. 
Davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirish mexanizmi quyidagi chora-
tadbirlardan iborat:
- tashkiliy-boshqaruv;
- me’yoriy-huquqiy;
- moliyaviy-iqtisodiy;
- ijtimoiy-psixologik. 
Fiskal siyosatning muhim qismi soliq siyosatidir: 
Soliq siyosati – soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy 
etilgan 
soliqlarning 
amaliyotda 
ishlash 
mexanizmini 
shakllantirish 
va 
samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari 
tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir. 
Soliq siyosatini amalga oshirishda davlat quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: 
fiskal maqsad – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, hududiy va 
mahalliy dasturlarini moliyalashtirish maqsadida milliy daromadning bir qismini 
budjet tizimiga jalb etish; 
iqtisodiy maqsad – ijtimoiy ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlarni 
amalga oshirish, milliy daromad va YAIMni hududlararo, tarmoqlararo va ijtimoiy 
qayta taqsimlash, talab va taklifni boshqarish, tadbirkorlik va investitsion faoliyatni 
rag‘batlantirish maqsadida iqtisodiyotga soliq mexanizmi orqali ta’sir ko‘rsatish; 
ijtimoiy maqsad – aholining kam ta’minlangan qatlami, nogironlar va urush 
holatlari qatnashchilariga soliqdan imtiyoz va engilliklar taqdim etish hamda soliqqa 
tortishning progressiv tizimi hisobiga aholi daromadlari darajasidagi tengsizlikni 
ma’lum darajada yo‘qotish; 
ekologik maqsad – ekologik to‘lovlar va moliyaviy jarimalarning rolini 
kuchaytirish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishni 
ta’minlash; 
nazorat maqsadi – davlat budjetiga tushumlarning o‘z vaqtida va to‘liq 
tushishini, shuningdek, soliq qonunchiligiga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida 
sayyor va kameral tekshirishlarni o‘tkazish. Soliq nazorati tufayli olinadigan 
ma’lumotlar davlat tomonidan ham soliqlarning o‘zini rejalashtirishda, ham 
mamlakat va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida taktik va strategik 
qarorlarni qabul qilishda foydalaniladi
xalqaro maqsad – ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf qilish, bojxona 
to‘lovlarini qisqartirish va milliy soliq tizimlarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash 
bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama bitimlarni tuzish orqali boshqa mamlakatlar bilan 
iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash. 


17 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin