132
“hayotiy narsalarni fikran qarash” sifatida aniqladi. SHunga ko’ra odam uchun
bilim atrof dunyoda mo’ljalni to’g’ri olish uchun, hodisalarni tushuntirish va
oldindan ko’rish uchun, faoliyatni rejalashtirish va amalga oshirish va boshqa
bilimlarni ishlab chiqish uchun zarur bo’ladi. Bilim - voqelikni o’zgartirishning juda
muhim quroli. U tez rivojlanayotgan o’zgaruv-chan tizimdan iborat, uning
o’sishi hozirgi sharoitda o’zining sur’ati bo’yicha boshqa har qanday tizimning
o’sishiga qaraganda jadalroqdir. Kishilarning qayta o’zgartuvchi
amaliyfaoliyatida bilimlardan foydalanish qoidalarning maxsus guruhi bo’lishini
taqozo qiladiki, bu qoidalar qanday holatda, qaysi vosita yordamida va qanday
maqsadlarga erishish uchun u yoki bu bilim zarur bo’lishini ko’rsatadi. Boshqacha
aytganda, bilim faoliyat tizimiga kiradi va maxsus shakl sifatida namoyon
bo’ladi, uning asosida esa faoliyatdagi ish tartibi bayon etiladi.
O’zining falsafiy qarashlarida mashhur matematik faylasuf Abu Nasr
Forobiy pedagogikaning fan sifatidagi ayrim muhim vazifalarini ko’rsatib o’tadi.
“Tarbiyalash san’ati tamoyili shundayki, - degan u,- tarbiyalash uchun reja
tuzadigan kishilarning ko’z oldidan quyidagilar ketmasligi kerak va bu shunday:
bolalar faqat hozirgi kungina emas, balki kelajak uchun xam tarbiyalanishlari
lozim, ya’ni, odamzod mafkurasi uchun va uning umumiy burchi uchun tarbiya
olishlari kerak”. Ulug’ matematik, astronom Mirzo Ulug’bek o’z shogirdlariga tez-
tez shunday deb turgan: “Agar Erdagi voqelikni yaxshitushunishni istasang,
kelajakni yaxshi rejalashtira ol”. Astronomiya, matematika, fizika, tibbiyot,
geografiya, tarix va ling-vistikaga oid ko’plab asar yozgan buyuk mutafakkir Abu
Rayhon al-Beruniy ta’kidlagan: “Aqlli kishi kelajak avlod uchun foyda keltirib, u aql
va idrok bilan hammani mushohada eta olsagina, ruhan qanoat hosil qilgan”.
Vatanimizda faol ijtimoiy -pedagogik tafakkur rivoj-lanishiga Toshmuhammad
Qori-Niyoziy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashid-xonovlar katta hissa
qo’shdilar. Ularning asarlarida kelajak kishi siymosini yaratish g’oyasi muammosi
alohida o’rin egallaydiki, unga erishish yo’lida tarbiyaning tegishli tizimi barpo
bo’lishi lozim edi. Mashhur o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy o’z asarlarida ko’p
marta o’z diqqatini pedagogikaning vazifalarini tahlil qilishda, uning tarbiya
haqidagi fan sifatida tarbiyaviy faoliyatning san’at sifatidagi ahamiyatini
yoritishga qaratdi. Abdulla Avloniyning fikricha, «tarbiya san’atlarning oliysidir,
san’at esa hali mavjud bo’lmagan tomon intiladi, uning oldida ijodiyotining
kelajakdagi maqsadi va g’oyaviy siymosi gavdalanadi».
Dostları ilə paylaş: