133
bajaradi. An’anaviy ta’lim tizimidagi har qanday pedagogik texnalogiyaning asosida
tushuntirish yotadi, lekin shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi asosida esa
tushunish va o’zaro bir birini tushunish yotadi. Bu tushunchaga V.S. Bibler shunday
izoh bergan;
tushuntirishda bitta ong, bitta sub’ekt ishtirok etib monologni hosil
qiladi. Tushunishda ikkita ong,ikkita sub’ekt ishtirok etib o’zaro (bir birini)
tushunish, dialogni hosil qiladi. Tushuntirish doim “yuqoridan past”ga bo’lgan
qarash, ya’ni “so’zini o’tkazish”ni anglatadi.
Tushunish esa bu muloqot,
hamkorlik, o’zaro (bir- birini) tushunish demakdir.
Erkin shaxsni shakillantirish muammosi ta’lim muassasalarida o`quv- tarbiyaviy
ishlarni pedagogik texnologiya “rels” iga o`tkazish taqazo etadi. Bu jarayon
oson kechmaydi. Chunki: butun ixtiyoriy ko`rilayotgan va joriy etilayotgan
o`kitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish kerak.
Aslida ham ijtimoiy tajriba elementlari - bilim,
ijodiy faoliyat, ob’ektiv borlikka
munosabatlar - pedagogik jaryon maxsulidir va ma’lum pedagogik tizim doirasida
shakillantiriladi. Pedagogik texnologiya esa amaliyotga joriy etilayotgan
pedagogik tizim loyixasidir. Unda pedagogik tizim nima? Uning tarkibi qanday?
Bu savollarga mavjud pedagogik nashrlardan topish mumkin.
N.V.Kuzmina pedagogik tizim o`zida ta’lim
va tarbiya maqsadida
bo`ysindirilgan o`zaro bog`liq tarkibli elementlardan tashkil topishini o`qtiradilar:
pedagogik maqsad; o`quv va ilmiy axborot; pedagogik aloqa vositalari:
o`quvchilar va pedagog.
V.P.Bespalkoning ta’rifiga ko`ra “Pedagogik” tizim ma’lum shaxs
sifatlarini shakillantirshga tartibli, aniq maqsadni ko`zlab va oldindan o`ylab
pedagogik ta’sir etishini vujudga keltirish uchun zarur bo`lgan o`zaro bog`liq
vositalar, usullar va jarayonlar yigindisidir. Har jamiyatda shu jamiyat
mafkurasiga xos shaxsni shakllantirsh maqsadi
va unga mos pedagogik tizim
mavjud bo`ladi. Agar maqsad o`zgarsa tizim ham o`zgaradi.
Bizga yaxshi ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz
bo`lib, u o`ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta’lim
texnologiyasi
o`quvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo`lsada, tarbiya
jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda
xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo`lib, u bu borada
tarbiyachining yordamiga extiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham
mantiqiy, ham tarkibiy jixatdan ta’lim texnologiyasidan farq qiladi.
Tarbiya
jarayonining moxiyati, qonuniyatlari hamda o`ziga xos jixatlari
xususidagi mavjud nazariy va amaliy g`oyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan
xolda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgiladik:
1) tarbiya jarayonining umumiy loyixasi;
2) tarbiyani tashkil etishga bo`lgan ijtimoiy extiyoj (ragbat);
134
3)
tarbiya maqsadi;
4) tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar);
5) o`qituvchi (tarbiyachi) faoliyati;
6) o`quvchi (tarbiyalanuvchi) faoliyati;
7) tarbiya samarasi (natija).
Ushbu fikrlar asosida tarbiya texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi tasvirda
quyidagicha namoyon bo`ladi (3-shakl).
Dostları ilə paylaş: