Tarbiya –bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko’rsatish jarayonidir.
Mavzu: Tarbiya psixologiyasi Reja:
1.Xulq-atvor va odatni shakllantirish shaxsni tarbiyalashning asosiy yo’nalishi sifatida.
2. Shaxs shakillanishiga ta’sir etuvchi omillar, psixologik shart–sharoitlari.
3. «Tarbiyasi qiyin»bolalar psixologiyasi.
4. Tarbiya jarayonining samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar.
5. Mustaqillik sharoitida tarbiyaning asosiy vazifalari.
Insonning o’zini anglashi o’z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Odamning o’zini anglashi o’z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi.
Odam o’z tevarak – atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga ta’sir etuvchi sub’ektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning uchun ob’ektdir. Ana shu nuqtai– nazardan olganda, odamning o’zini anglashi sub’ektiv ravishda o’zini «Men» deb his qilishida ifodalanadi.
Odam ijtimoiy zot bo’lganligidan unga o’zligini anglash qobilyati xosdir. Faqat ijtimoiy hayotda, o’zga kishilar bilan qiladigan har turli munosabatlarda odamning o’zini anglashi,o’zini «men» deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. Odam o’zini alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, o’zining o’tmishi va kelajagini anglashi, o’z huquq va burchini anglashi, va nihoyat o’zining fazilati hamda kamchiliklarini anglashi o’zini anglashiga kiradi.
Insonning tabiatini o’zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqa qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish munrosabatlarining o’sishi va o’zgarishidir. Bundan tashqari yana inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir.
Inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo’lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin–asta tarkib topadi.
Insonning pisxik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi, ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamitga egadir. Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o’tganimizdek, faqat shu faktorga mos, balki uchinchi bir faktorga ham bog’liqdir. Bu faktor nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Odamga nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlar beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, soch va ko’zlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug’ma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakkki, odamga hech vaqt tarbiya uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan berilmaydi. Nihoyat, nodir haollarda ayrim qobilyatlar, masalan, musiqa, matematika qobilyatlarda nasliy yo’l bilan berilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya’ni ruyobga chiqishi uchun albatta, ma’lum sharoit bo’lishi kerak. Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan ist’dodli olimlar, muhandis– ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, ist’edodli artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo’l bilan berilgan barcha imkoniyatlarning ro’yobga chiqishi uchun har qanday sharoit maydonga kelganligini dalili bo’la oladi.
Bolalar maktab yoshiga yetgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni boshlanadi. Kichik maktab, o’smirlik va katta maktab yoshi davrlarida shaxs shakllanishining yuqori bosqichi namoyon bo’ladi. Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim lahzasi, uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, ya’ni uning jamiyatda egallagan o’rni) orqali ifodalanadi. Status negizida doimiy o’zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funksiyasi muayyan maqsadlarga va qadiryatlarga yo’nalganlik shaxsni faollashtiradi. Status, rol, qadriyatga yo’nalganlik shaxs xususiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos bo’lib xizmat qiladi.
Shaxsning ta’rifi xulq motivasiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l – atvor tuzilishini belgilaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o’zaro ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzasiga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl – uning jamiyatdagi hayot yo’li va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi.
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki, faoliyatda yaxshi muhiti tarixiy tajribani egallash interiorizasiya va eksteriorizasiya amalga oshadi.
Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati prosessida hayotiy deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatining funksional sistemasi prosesslari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, ko’nikma va malakalarini, kishining sosial tajribalarini o’zlashtiribgina qolmay balki o’zining idroki, tafakkuri, hayoli, hissiyotlari va irodasini bir so’z bilan aytganda, voqelikka bo’lgan ongli munosabatini hamda o’z harakatlari shaxsning hayoti faoliyatida ma’lum rolni bajaruvchi va har bir murakkab qurilmadan iborat bo’lgan hamda shartli ravishda to’rtta o’zaro mustahkam bog’langan funksional bosqichlarga birlashtiriladi: