15
uning ohiridagi affiks ham eronchadir. So‘zni “otda ketayotgan” yoki “otda minib
turgan” (chavandoz) deb tarjima qilish mumkin. Umuman Qo‘yqirilganqal’a
yozuvlarining xronologik chegarasi miloddan avvalgi III-asrga, eng so‘ngilari
miloddan avvalgi II-asrning boshlariga to‘g‘ri keladi.
Qadimgi Xorazm yozuvi yodgorliklari bizning davrimizga qadar numizmatik
materiallarda, qadimgi xo‘jalik buyumlarida (kumush piyola va kosalarda) saqlanib
kelgan. Shuningdek, arxeologik izlanishlar jarayonida Tuproqqal’a, To‘qqal’a va
Misdaxkon shahar-qal’alaridan ham juda ko‘plab yozuv namunalari arxivi
topilganki, qo‘lga kiritilgan boy yozuv yodgorliklari qadimgi Xorazmning arab
istilosiga qadar bo‘lgan siyosiy, moddiy va ma’naviy hamda xo‘jalik munosabatlari
tarixini yanada teranroq idrok etishga yordam beradi.
Sug‘d yozuvi oromiy yozuvi asosida shakllangan harf-tovush yozuvidir. Bu
yozuv qariyb ming yil davomida hozirgi O‘zbekiston va qisman Tojikiston yerlarida
(Zarafshon vodiysi) joylashgan qadimgi Sug‘diyonada qo‘llanilgan. Sug‘d
yozuvining mil. boshlariga oid eng qadimgi namunasi O‘zbekistonda Samarqand
yaqinidagi Taliborzu tepaligidan topilgan.
Sug‘d yozuvi somiy alifbolari kabi konsonant yozuv bo‘lgan, ya’ni harflar,
asosan, undosh tovushlarni ifoda etgan. VII –VIII asrlarda sug‘dlar o‘z alifbolarini
23 harfdan iborat deb hisoblaganlar, ya’ni 22 harf oromiy asliga borib taqalgan va
alifboga oromiy alifbosidagi tartibda joylashgan. Bitta qo‘shimcha 23-harf esa 12-
harfning takroridan iborat bo‘lgan. IV asrning boshlarida ayrim harflar chiqib
ketgan, ayrim harflar esa bir-biriga o‘xshash shaklda yozila borishi natijasida bir
harfga kelib qolgan. Ana shu tariqa sug‘d alifbosi 17 harfdan iborat bo‘lib qolgan.
Umuman olganda, O‘rta Osiyo xalqlari to‘g‘risidagi ilk yozma hujjatli
ma’lumotlar majmuasini, ya’ni arxiv hujjatlari kolleksiyasiga: qadimgi Nisadagi
Parfiya arxivi, Xorazmdagi Tuproqqal’a arxivi, Mug‘ qal’asi xarobalaridan topilgan
Divashtich arxivi kiradi.
Dostları ilə paylaş: