5
Ularda XIX asrga oid hujjatlarning bir qismi mavjud xolos. O‘rta Osiyoning Rossiya
imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asrning
ikkinchi yarmi va XX asr hujjatlari to‘la saqlangan.
Oliy o‘quv yurtlari “Arxivshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan
talabalar uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekistonda turli tarixiy
davrda arxivlarning vujudga kelishi va faoliyati bo‘yicha nazariy hamda amaliy
bilimlarga ega bo‘lishga ko‘maklashadi.
Har bir mavzu so‘nggida talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan
tayanch tushunchalar berilgan bo‘lib, ular yordamida o‘qituvchi o‘tilgan mavzuning
tinglovchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganini aniqlashi mumkin. Nazorat
uchun berilgan savollar talabalarga mustaqil ravishda fikr yuritishga, mavzu
bo‘yicha olgan bilimlarni takrorlash va mustahkamlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: