68
IV BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING
APPARAT-DASTURIY VOSITALARI
4.1§ Axborot himoyasini ta’minlashning dasturiy vositalari
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoya ostiga olish deganda,
berilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini
tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vosita va usullarni qo‘llash, tashkiliy
choralarni ko‘rish va amaliy tadbirlarni amalga oshirishni tushunish qabul qilingan.
Arxivlangan
fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar
bilan ishlashda, ya’ni fayllarni bir kompyuterdan
ikkinchi kompyuterga
ko‘chirishda, diskka joylashda, saqlab qo‘yishda, elektron pochta orqali axborot
yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug‘iladi.
Fayllarni arxivlash - fayllarni arxivlash jarayoni orqali siqilgan, ixchamlangan
holatda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq
disk ishdan chiqishi yoki
faylning tasodifan o‘chirilishi sodir bo‘lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash
uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo‘llaniladi.
Umuman arxivlash - bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam
qo‘llaniladigan, eski hujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm
va boshqalarni saqlash uchun qo‘llaniladi. Arxiv bir
qancha qismlardan iborat
bo‘lishi va unda har bir fayl alohida ko‘rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv
fayllari ko‘p tomli deb ataladi. Shunday arxivlardan katta hajmli ma’lumotlarini
qismlarga bo‘lib disketalarga sig‘adigan, qulay ko‘rinishga keltirish uchun
foydalanish mumkin. Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi.
Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni
eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar
guruhi, to‘liq fayllar strukturasi bo‘yicha yoki papkalar bo‘yicha
ham qilish
mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko‘p bo‘lsa, ularni oldin bitta papkaga
yig‘ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan
holdagi ma’lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi.
69
Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba’zi hollarda
arxivlash natijasida boshlang‘ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin.
Masalan, dastur fayllariga nisbatan tekst va
rasm fayllari ancha yaxshi
ixchamlanadi.
Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi,
foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi bo‘yicha farq qiladi. Foydalanuvchi
har xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo‘yicha farqlaydi. Siqish turi shu
arxivning formati deyiladi.
Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini
bildiruvchi sarlavhaga ega
bo‘ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi
ma’lumotlar saqlanadi:
fayl nomi;
fayl saqlanuvchi katalog haqida ma’lumot;
faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti;
faylning diskdagi va arxivdagi o‘lchami;
arxivning to‘liqligini tekshirishda ishlatiladigan
har bir faylning tsiklik
tekshirish kodi.
Arxiv fayllari oddiy fayllar kabi nomlanadi. quyida biz Windows muhitida
fayllarni arxivlash uchun yaratgan WinRar dasturi bilan tanishib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: