Axborot kommunikatsion texnologiyalar


§ Simmetrik va asimmetrik kriptotizimlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/85
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175240
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   85
Axborot kommunikatsion texnologiyalar (1)

5.5§ Simmetrik va asimmetrik kriptotizimlar 
Hozirgi kunda 
kriptotizimni
ikki sinfga ajratish mumkin: 

simmetriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli);

asimmetriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli). 
Yopiq kalitli shifrlar xabarni shifrlash va uni deshifrlashda qandaydir 
axborotdan (yopiq kalitdan) foydalanilishi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ular 
bir kalitli shifrlar 
(simmetrik algoritmlar)
deb ham aytiladi. 
5.2-rasm. Simmetrik algoritmlarda shifrlash jarayoni 
Ochiq kalitli shifrlarda ikkita ochiq va yopiq kalit ishlatiladi, bittasi xabarni 
shifrlash uchun ishlatilsa ikkinchisi uni deshifrlash uchun ishlatiladi. Bunday 
shifrlarni ikkita (ochiq) kalitli shifrlar 
(assimmetrik algoritmlar)
deb ham aytiladi. 
5.3-rasm. Assimmetrik algoritmlarda shifrlash jarayoni 
Ochiq kalit haqida barcha xoxlovchilarga ma’lumot beriladi (nashr qilinadi), 
yopiq (maxfiy) kalit esa, xabar egasining o‘zida xabar maxfiyligining garovi 
sifatida saqlanadi. 
Ushbu usulning ma’nosi shundaki, yopiq kalit bilan shifrlangan matn 
faqatgina ochiq kalit bilan ochilishi mumkin va aksincha. Ya’ni yopiq kalit qabul 
qilinadigan axborot pinxonaligini ta’minlash uchun yaratilganda shifrni ochish 
kaliti bo‘lib xizmat qiladi. Bunda kimga pinxona axborot jo‘natiladigan bo‘lsa, 


94 
shuning oshkora kalitidan foydalanib shifrlangan axborot jo‘natiladi. Bunday 
axborotning shifrini faqat yagona yopiq kalit egasigina ocha oladi. Kalitlar juft 
bo‘lib ishlab chiqiladi va bir-biri bilan muvofiqlikka ega. Biroq bitta kalitdan 
ikkinchisini hisoblab chiqarishning iloji yo‘q.
Bu turdagi shifrlarning ahamiyatli tomoni shundaki, yopiq kalit faqat bitta 
shaxsga ma’lum bo‘lishidir, birinchi turdagi shifrlarda u eng kamida ikkita shaxsga 
ma’lum bo‘lishi kerak edi. Bu quyidagi afzalliklarni beradi: 
­
Yopiq kalitni uzatishda himoyalangan kanalning zarur emasligi, aloqa 
ochiq kanal orqali amalga oshiriladi; 
­
Kalit nusxasining yagonaligi uning harajatlarini kamaytiradi va uning 
maxfiyligini saqlashda aniq shaxsiy majburiyat yuklashga imkon beradi; 
­
Ikkita kalitning mavjudligi shifrlash sistemasidan ikkita rejimda maxfiy 
aloqa va elektron imzodan foydalanish imkonini beradi. 
Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar quyiladi: 
• yetarli darajada kriptomustahkamlik; 
• shifrlash va qaytarish jarayonining oddiyligi; 
• axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi; 
• shifrlashdagi kichik xatolarga ta’sirchan bo‘lmasligi. 
Ushbu talablarga quyidagi tizimlar javob beradi: 
• o‘rinlarini almashtirish
• almashtirish; 
• gammalashtirish; 
• analitik o‘zgartirish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin