Sitologiya va



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/148
tarix13.12.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#175410
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   148
biologiya 9 uzb (1)

moddalar almashinuvi 
yoki 
metabolizm
deb ataladi. 
Moddalar almashinuvi tirik organizmning yashashi, o‘sishi, hayot 
faoliyati, ko‘payishi va tashqi muhit bilan doimo aloqada bo‘lishi-
ni ta’minlaydi. Bu esa tirik organizmlarning o‘zini o‘zi yangilash-
ga, o‘ziga o‘xshash nasl qoldirishga olib keladi, ularning yashashi 
uchun zarur shart hisoblanadi.
Moddalar almashinuvi jarayonida tirik organizm tashqi 
muhitdan turli-tuman moddalarni qabul qiladi. hayotiy hodisalar 
asosan moddalar almashinuvi tufayli namoyon bo‘ladi. Modda-
lar almashi nuvi bir-biriga qarama-qarshi, lekin o‘zaro bog‘langan 
ikki jarayon ni o‘z ichiga oladi. Bular 
assimilyatsiya
(anabolizm, 
plastik almashinuv) va 
dissimilyatsiya
(katabolizm, energetik 
almashinuv) reaksiyalaridan iborat. Moddalar almashinuvi orga-
nizmda ikkita: qurilish va energetik funksiyalarni bajaradi.
Plastik almashinuv (anabolizm).
Anabolizm jarayonida ti rik 
organizmlarda moddalarning hosil bo‘lishi, ya’ni sintezla nish ja-
rayoni kuzatiladi. Bunda organizm tashqi muhitdan har xil mod-
dalarni qabul qiladi va ularni o‘zlashtiradi. odam iste’mol qilinadi-
gan bir kunlik ozuqaning energiyasi – 3000 kkalga teng keladi. 
http:eduportal.uz


78
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
Bu o‘zlashtirilgan mahsulotlar hujayrada kechadigan sintezlanish 
reaksiyalari uchun mahsulot sifatida sarf bo‘ladi. hujayrada oqsil-
lar, uglevodlar, lipidlar, nuklein kislotalar sintezlanadi. Ayniqsa, 
o‘sayotgan hujayralarda assimilyatsiya reaksiyalari jadal bora-
di. Lekin to‘liq shakllanib bo‘lgan hujayralarda ham doimo sarf 
bo‘lgan organik moddalar o‘rniga yangilari sintezla 
nib turadi. hu-
jayrada boradigan moddalarning sintezlanish jarayoni biologik sin-
tez yoki qisqacha aytganda 
biosintez
deb ataladi. Barcha biosin-
tez reaksiyalari energiya yutilishi bilan amalga oshadi. hujayrada 
boradigan oqsil, uglevod, lipid va nuklein kislota kabilar ning sin-
tezlanishi plastik almashinuvga misoldir. Biosintez reaksiyalarining 
yig‘indisi plastik almashinuv yoki assimilyatsiya deb ataladi. Fer-
mentlar yordamida oddiy kichik molekulali moddalardan murakkab 
yuqori molekulali birikmalar: aminokislotalardan oqsillar, monosa-
xaridlardan esa murakkab uglevodlar hosil bo‘ladi. Azotli asoslari 
esa nukleotidlar hosil qilishda ishtirok etadi va ulardan nuklein 
kislotalar shakllanadi. Xuddi shu tartibda oddiy asetat kislotalar-
dan murakkab yog‘ kislotalari paydo bo‘ladi. ular glitserin modda-
si bilan reaksiyaga kirishib yog‘larni va moylarni hosil qiladi. Bio-
sintetik reaksiyalar har bir individ va turga xos bo‘lgan xususiyat-
lar asosida farqlanib turadi. Natijada oqsil – fermentlar yordamida 
hosil bo‘ladigan yirik organik molekulalar tuzilishi DNk tarkibidagi 
nukleotidlarning ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Bu esa o‘z navbati-
da mazkur hujayraning genlar to‘plami genotip bilan bog‘liq.
hosil bo‘lgan moddalar o‘sish jarayonida hujayra va ularning 
organoidlarini hosil qilish hamda sarflangan yoki parchalangan 
molekulalarni tiklash uchun ishlatiladi. Barcha sintez (hosil qiluv-
chi) reaksiyalari energiyani yutilishi orqali ro‘y beradi. Parchala-
nish reaksiyalarida esa aksincha, ener giya ajralib chiqadi.

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin