Sitologiya va



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/148
tarix13.12.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#175410
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   148
biologiya 9 uzb (1)

dissimilyatsiya 
deb ham yuritiladi.
Tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan barcha muhim jara-
yonlardan biri, ularning aerob, ya’ni kislorodli nafas olishidir. Bu 
jarayo nda kislorod yordamida murakkab organik birikmalar oksid-
lanishi tufayli ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu jarayon 
hayvon organizmlarida maxsus nafas olish tizimi orqali amalga 
oshiriladi. o‘simliklarda esa maxsus nafas olish organlari bo‘lmay-
di. ular to‘qima va hujayralar orqali nafas oladi.
ozuqa moddalarda to‘plangan kimyoviy energiya orga nik birik-
http:eduportal.uz


80
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
malar molekulasidagi atomlarni bog‘lovchi har xil kovalent bog‘lar-
da mujassamlashgan bo‘ladi. Bir molekula, ya’ni 180 g glu kozaning 
C, h, o atomlari orasidagi bog‘larda to‘plangan ener giya miqdori 
2800 kJ ga teng. Fermentlar yordamida parchalanadigan glukoza-
dagi energiya bosqichma-bosqich ajraladi.
C
6
h
12
o

+ 6o
2

6Co

+ 6h
2
o + 2800 kJ.
ozuqa moddalardan ajralgan energiyaning bir qismi issiqlik 
ener giyasi sifatida hujayradan tashqi muhitga ajraladi. Boshqa qis-
mi esa 
adenozintrifosfat
(ATF)ning energiyaga boy fosfat bog‘lari-
da to‘planadi.
hujayrada kechadigan barcha jarayonlar: hujayra bo‘lini-
shi, muskullarning qisqarishi, moddalarning membaranalar orqali 
faol o‘tishi, nerv impulslarining nerv tomirlar bo‘ylab o‘tkazilishi va 
boshqalarni energiya bilan ta’minlash ATF orqali amalga oshiriladi. 
ATF hujayradagi energiya almashinuvida asosiy rolni o‘ynay-
di. u har qanday hujayra funksiyasini energiya bilan ta’minlab 
beruvchi bevosita manbadir. harakatlanish, biosintez va boshqa-
lar – hujayra faolligining har qanday turi ATF reaksiyasi natijasida 
ajralib chiqadigan energiya hisobiga boradi. Biroq hujayradagi ATF 
zaxirasi uncha ko‘p emas. Misol uchun, muskuldagi ATF zaxirasi 
muskulning 20–30 marta qisqarishiga yetadi. Lekin muskul soat-
lab ishlashi va ming martalab qisqarishi mumkin. Shuning uchun 
ham hujayrada ATF doimo parchalanib borishi bilan bir qatorda u 
to‘xtovsiz sintez lanib turishi zarur. hujayradagi uglevodlar, lipidlar 
va boshqa orga 
nik moddalarning parchalanishi natijasida ajralib 
chi qadigan energiyadan sarflangan ATF o‘rnini qoplash uchun foy
-
dalaniladi. 
Tez bajarilishni talab etadigan qisqa muddatli harakatda, 
masalan, qisqa masofalarga yugurish vaqtida, muskullar qisqari-
shi faqat ulardagi ATFning parchalanishi hisobiga amalga oshadi. 
Yugurish tamom bo‘lganidan keyin odam kuchli nafas oladi — ana 
shu vaqtda uglevodlar va boshqa moddalar kislorod ta’sirida par-
chalanib, hujayralardagi ATF zaxirasi o‘z o‘rniga keladi.
http:eduportal.uz


81
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
Shunday qilib, ATF hujayrani energiya bilan ta’minlab boradi-
gan birdan bir universal manbadir.
1. Dissimilyatsiya qanday jarayon hisoblanadi?
2. ATFning kimyoviy tarkibi qaysi moddalardan iborat?
3. ATF asosan qayerda sintezlanadi?

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin