Sitologiya va


uchinchi bosqich –  kislorodli (aerob)



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/148
tarix13.12.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#175410
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   148
biologiya 9 uzb (1)

 
uchinchi bosqich – 
kislorodli (aerob)
parchalanish, ya’ni 
to‘la parchalanish hisoblanadi. Bu jarayon amalga oshishi uchun 
kislorod bo‘lishi shart. Aerob oksidlanish mitoxondriyada amalga 
oshadi. Aerob parchalanishning har bir oraliq bosqichida anae-
rob parchalanish singari energiya ajraladi. Ammo bu bosqichlarda 
ajraladigan energiya miqdori anaerob parchalanishda ajraladigan 
energiyaga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Natijada kislorodli par-
chalanish natijasida 2600 kJ energiya hosil bo‘ladi. Glikoliz nati-
jasida hosil bo‘lgan 2 molekula sut kislotasi mitoxondriyada kislo-
rod ta’sirida parchalanganda 36 molekula ATF hosil bo‘ladi. Shun-
day qilib kislorodli parchalanishning umumiy reaksiya tenglamasi-
ni quyidagicha yozish mumkin.
2C
3
h
6
o
3
+ 6o
2
+ 36h
3
Po
4
+ 36ADF = 6Co
2
+ 36ATF + 42h
2
o.
kislorodli parchalanishdan hosil bo‘lgan 2600 kJ energiyaning 
44,6 % issiqlik sifatida ajraladi, 55,4 % ATFda to‘planadi.
kislorodli parachalanish bosqichi qanday ahamiyatga ega 
ekanligi yuqoridagi reaksiya tenglamalaridan ravshan bo‘ldi. Bir 
http:eduportal.uz


83
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
molekula glukoza kislorodsiz parchalansa 200 kJ energiya ajralib 
chiqsa, kislorodli parchalanishda esa 2600 kJ ajraladi. kislorodsiz 
parchalanishda 2 mole kula ATF, kislorodli parchalanishda esa 36 
molekula ATF hosil bo‘ladi.
Glukoza to‘liq parchalanganda 2 + 36 = 38 ATF hosil bo‘la-
di. Shunday qilib, 38 x 40 = 1520 kJ energiya ATFda to‘planadi. 
Glu koza to‘liq parchalanganda 200 + 2600 = 2800 kJ hosil bo‘la-
di. hujayra hayotida ko‘pincha shunday sharoitlar yuzaga keladi-
ki, bun 
da kislorodli parchalanishning amalga oshishi qiyin yoki 
amalga oshmay qoladi (kislorod yetishmaganda, mitoxondriyalar 
shikastlanganda). Bunday hollarda hujayra hayoti uchun zarur 
bo‘lgan ATFni faqat kislorodsiz jarayondan foydalaniladi. Buning 
uchun normadagiga nisbatan 20 barobar ko‘p glukoza sarflash 
kerak bo‘ladi.
1. energiya almashinuvi qanday bosqichlarga ajratiladi?
2. kislorodsiz parchalanishning mohiyati nimada?
3. kislorodli parchalanish mohiyati nimadan iborat?
4. Glukoza va ATFning molekular massasi qanchaga teng?

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin