85
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
tashuvchi molekulaga o‘tadi va bu molekula uni olib,
membrana-
ning ikkinchi tomoniga olib o‘tadi. Xlorofill molekulasi suv moleku
-
lasidan elektron olib, o‘zining yo‘qotgan elektroni o‘rnini to‘ldiradi.
elektronlarni yo‘qotishi natijasida
suv molekulalari protonlar
va kislorod atomlariga parchalanadi.
Yorug‘lik ta’sirida suv disso-
tsialanishi
fotoliz
deb ataladi. Fotoliz natijasida hosil bo‘lgan
vodorod atomi organik birikmalar bilan kuchsiz bog‘ hosil qilib biri-
kadi. Gidroksil ionlar, ya’ni oh
-
esa o‘zining elektronini boshqa
mole kulalarga beradi va erkin radikalga aylanadi. oh
-
radikallar
o‘zaro bir-biri bilan reaksiyaga kirishib
suv va molekula holatdagi
o
2
ni hosil qiladi (23- rasm)
4oh
→
o
2
+ 2h
2
o.
Fotosintez jarayonida ajralib chiqadigan kislorod manbai suv
hisoblanadi. Yorug‘lik energiyasi fotolizdan
tashqari ADF va fos-
fatdan kislorod ishtirokisiz ATF sintezi uchun ham foydalaniladi.
Bu jarayon juda samarali bo‘lib, shu o‘simlik mitoxondriyalarda
sintezlanadigan ATF ga nisbatan xloroplastlarda 30 barobar ko‘p
ATF sintezlanadi. Shunday yo‘llar bilan fotosintezning qorong‘ulik
bosqichida kechadigan reaksiyalar uchun zarur bo‘lgan energiya
to‘planadi. Fotosintezning yorug‘lik bosqichida uchta muhim jara-
yon: suv fotolizi natijasida molekular
kislorod va atomar vodorod-
ning hosil bo‘lishi va ATF sintezi amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: