“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-7, Issue-1, April - 2022
258
TABIIY FANLARNI O’QITISHDA LOYIHA ISHLARI O’TKAZISHNING
O’QUVCHILAR KREATIV SIFATLARI RIVOJIGA TA’SIRI
Toyirova Maxmuda Mamatovna
Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlsh va ularning
malakasini oshirish hududiy markazi, o’qituvchi
Annotatsiya:
Maqolada ta‟lim jarayonida o’quvchilarni
kreativ sifatlarini
rivojlantirishning psixologik-pedagogik jihatlari tabiiy fanlardan loyiha ishini
о’tkazish misolida qarab chiqilgan. Loyiha ishi yordamida hosil qilinadigan bilim,
ko’nikma, malaka hamda kompetensiyalar ko’rsatib berilgan.
Kalit so’zlar:
kreativlik, ijodkorlik, ta’lim metodi, loyiha ishi, bir urug’pallali,
ikki urug’pallali, sifat reaksiyasi.
Umumta’lim maktablaridagi kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish
sifati
bugungi davr talablariga javob bermasligini, o‘qitish
metodologiyasi va
laboratoriyalar ma’nan eskirganligini alohida qayd etish zarur[1]. Aksariyat
maktablarda an’anaviy shaklda olib boriladigan ta’lim usuli hali hamon qo’llanilib
kelinmoqda va u o’quvchilarga oldindan ma’lum bo’lgan axborot,
tushunchalar,
bilim, ko’nikma, malakalarni berish bilan chegaralanmoqda. Oquvchilarning aqliy
fikrlashlarini tayyor mavjud bo’lgan yo’llar bilan o’stirish maqsadra erishishning
oddiy usuli bo’lib, u ijodkorlikka, izanuvchanlikka olib kelmaydi[2.441 b].
Mamlakatimiz
taraqqiyotida texnologiya, xomashyo,
jihozlar, energo
resurslar, ekologik o’zgarishlar borgan sari globallashib, uning boshqaruvchisidan
yuksak mahorat egasi bo’lishni talab etmoqda. Umuman, ta’lim tizimida ham uning
dasturlari, mazmuni takomillashib bormoqda. Bunday tezkor o’zgarishlar
bilim
olishning zamonaviy texnologiyalari, masofavuy, loyihalangan ta’lim,
media
ta’limni, ya’ni shaxsiy ijodkorlikka asoslangan ta’limni joriy qilish ehtiyojini
keltirib chiqarmoqda [2.448 b.].