Tarbiya fanini o'qitish metodlari tarbiya metodi



Yüklə 225,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix13.12.2023
ölçüsü225,17 Kb.
#175591
  1   2   3   4   5   6   7   8
tarbiya fanini o\'qitish metodlari



TARBIYA FANINI O'QITISH METODLARI 
Tarbiya metodi
(yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning 
yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning 
ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. 
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi 
etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi 
o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-
sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy 
metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish 
tarbiya 
usullari
deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida 
harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga 
tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan 
o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u 
holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. 
Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu 
pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va 
usullarining aloqadorligi ana shunda. 
Amaliyotda 
tarbiya vositalari
tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda 
ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita – bu 
usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni 
ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar. So‘z 
(keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan 
bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga 
oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi 
shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi. 

Yüklə 225,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin