Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238


II.7. Qo`shimcha va ustama mehnat haqlarini hisoblash tartibi



Yüklə 430,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/21
tarix13.12.2023
ölçüsü430,95 Kb.
#175687
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

II.7. Qo`shimcha va ustama mehnat haqlarini hisoblash tartibi. 
Oylik mehnat haqi oluvchi ishchilarga ishlagan soatlari yoki kuni uchun 2 barobardan 
kam bo`lmagan mehnat haqi, agar bu soat yoki kun oylik vaqt hajmidan ortiq bo`lsa, 
agarda bayram kunlari ishlagan vaqti 1 oylik mehnat vaqtining me’yoriga kirsa, unda 
1 barobar mehnat haqi to`lanadi. 
Bayram kuni ishlagani uchun ishchining xoxishiga ko`ra unga belgilangan tartibda 
haq to`lanadi yoki 1 barobar mehnat haqi saqlangan holda dam olish kuni beriladi. 
Ishchining tundagi ish smenasining bir qismi bayram kuniga utsa, usha smenaning 
bayram kuniga o`tgan soati uchun 2 barobardan kam bo`lmagan mehnat haqi 
to`lanadi. Bu kunlari tunda ishlagan smena uchun yoki ishdan tashqari vaqtda 
ishlagani uchun qo`shimcha haq to`lanmaydi, chunki hamma soatlar uchun bayram 
munosabati bilan 2 barobar haq to`lanadi. 
G. Ko`p smenali ish tartibi. 
Ko`p smenali ishni shakllantirish asosan uzluksiz tartibda ishlovchi sub’ektlarda 
(elektr ishlab chiqaruvchi, metallurgiya, to`qimachilik, non mahsulotlari va hokazo) 
amalga oshiriladi. Bu sub’ektlarda ikki va undan ko`p smenali ish tashkillashtiriladi. 
Kechki smena yoki tungi smenadagi bajarilgan ishlar uchun beriladigan 
imtiyozlarning hajmi har xil bo`ladi. Tungi smena - bu ish vaqtining yarmidan ko`p 
qismi soat 22dan ertalabki 6gacha to`g’ri keladigan smenadir. 
Kechki smena – bu tungi smenadan oldingi smena bo`lib, uning boshlanishi soat 14-
16 larga to`g’ri keladigan smenadir. 
Boshqacha mehnat qilish tartiblari ko`p smenali ish tartibiga kirmaydi (masalan, ish 
soatlarini ko`chirish, sutkali navbatchilikda bo`lish va hokazo). Bu
turdagi ishchilarga mehnat qilish sharoitiga qarab boshqa turdagi qo`shimcha 
to`lovlar mavjuddir 
 
Bekor turish va mehnatga layoqatsiz vaqtida haq hisoblash va uni
hujjatlashtirish. 
Ta’til davriga to`g’ri keladigan bayramli ishlanmaydigan kunlar ta’tilning kalendarli 
sanasiga kiritilmaydi va haq to`lanmaydi. 
O`rtacha mehnat haqini hisoblaganda sug’urta badallari qo`shiladigan hamma 
to`lovlar hisobga olinadi. Biroq uning hisobi paytida hisobli davrdan haqiqiy 
to`langan summalarini, shuningdek ishchi ishdan bo`shagan (mehnat haqini qisman 
qoldirish yoki maoshsiz( paytini, asosiy, qo`shimcha yoki o`quv ta’tilida 
bo`lganligini, vaqtinchalik ishga layoqatsizligi bo`yicha yoki homilador va ko`zi 
yorish (tug’ish) bo`yicha nafaqa olganini, shuningdek sub’ektning, sexning yoki 
ishlab chiqarishning yoki faoliyatini to`xtatganligi, mahsulotni ishlab chiqarish 
hajmining qisqarganligi sababli ishlamagan kunlari chiqarib tashlanadi. 
O`rtacha oylik maosh hisobiga quyidagi pullik to`lovlar: ishlatilmagan ta’til uchun 
badal (haq), ishdan ketish paytidagi dam olish kunlari uchun nafaqa, moddiy yordam, 
yagona mukofotlar va boshqalar sifatidagi har xil turdagi qo`shimcha to`lovlar va 
nafaqalar kirmaydi. 



Yüklə 430,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin