Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238


Mehnat ta’tili haqini hisoblash



Yüklə 430,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/21
tarix13.12.2023
ölçüsü430,95 Kb.
#175687
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

Mehnat ta’tili haqini hisoblash 
Ma’lum xo’jalik yurituvchi sub’ektda o’n bir oy uzluksiz ishlagan ishchi 
mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega. Inflyatsiya sharoitida hukumat idoralari 
tomonidan mehnat ta’tiliga chiqish oyining avvalgi oydagi ish haqi summasidan mehnat 
ta’tiliga haq hisoblash tartibi joriy etilgan. 
Mehnat ta’tili uchun haq qo’yidagicha hisoblanadi. 
1. O’rtacha ish haqi hisoblanadi. Buning uchun tarifikatsiya yoki lavozim maoshi 
bo’yicha hisob-kitob kuniga belgilangan ish haqidan ortiq summani 1.12 qismiga qo’shib 
hisoblab chikiladi.
2. O’rtacha kunlik ish haqi hisoblandi. Buning uchun o’rtacha ish haqi summasini 25,4 ga 
bo’linadi. 
3. Ta’til haqi. Buning uchun o’rtacha kunlik ish haqini ta’til kunlari soniga 
ko’paytiriladi. 
Masalan: Ishchi dekabr oyida 24 kunga mehnat ta’tiliga chikdi. uning noyabr oyidagi
ta’rifikatsiya bo’yicha ish haqisi 12000 so’m. Tarifikatsiyasidan ortiqcha yillik 
summa 30720 so’m. 
Mehnat ta’tili vaqtiga ish haqini hisoblang. 
Eching: 
1. O’rtacha ish haqi: 
12000 + (30720 : 12) = 12000 + 2560 = 14560 so’m 
2. Ta’til haqi: 
14560 so’m : 25,4 x 24 = 13757,48 so’m 
Ijtimoiy sug’urta bo’yicha ajratmalar hisobi. 
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt, mulkchilikning kaysi shakliga karashli bo’lganidan 
qat’iy nazar ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalarni hisoblashi zarur. Ajratmalar miqdori 
joriy oyda hisoblangan ish haqiga nisbatan foizlarda davlat tomonidan belgilanadi. Hozirgi 
kunda uning miqdori 37,2%. Shundan: 35,0%-pensiya jamg’armasiga; 1,5-bandlik 
fondiga; 0,7- kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga. hisoblangan ajratmalar 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt xarajatlariga kiritiladi. 1997 yildan boshlab xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt va tashkilotlarning sotilgan mahsuloti (ish va xizmatlari) hajmidan 
pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar joriy etilgan. 
To’lovlar obekti bulib: 
1. sanoat, transport, qishlok xo’jalik, vositachilik tashkilotlar uchun joriy davrda 
sotilgan maxsulot (ish va xizmatlar) hisoblanadi (QQS, Aktsiz solig’i, bojxona 
to’lovlarisiz) 
2. qurilish, ta’mirlash, ilmiy tashkilotlar uchun bajarilgan ish va xizmatlar hajmi(QQS 
siz) 
3. tayyorlovchi, savdo, umumiy ovkatlanish, ta’minot-sotish tashkilotlari uchun 
haqiqiy tovar oboroti olinadi. 


Stavka haqikatda sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar hajmining 0,5% 
miqdorida joriy etilgan (2000 yil 1 yanvardan boshlab 0,7%). 
Davlat ijtimoiy sug’urtasi uchun, xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarining nafaqa 
ta’minoti (pensiya jamg’armasi) va tibbiy sug’urta hamda bandlik jamg’armasi uchun 
ajratmalar bo’yicha hisob-kitob 6520 “Ijtimoiy sug’urta” bo’yicha to’lovlar 
deb nomlanuvchi passiv schyotda olib boriladi. 
Ijtimoiy sug’urta ajratmalar hisoblanganda: 
D-t 0710, 0810-0890, 1010-1090, 1510, 2010, 2310, 2510, 2610, 2320, 9450, 2710, 
3190, 9414, 9415, 9210; 
K-t 6520. 
Sug’urta organlari foydasiga ijtimoiy sug’urta bo’yicha haqikiy o’tkazilgan summaga 
quyidagicha provodka beriladi. 
D-t 6520 
K-t 5110 
Ijtimoiy sug’urta bo’yicha xodimlarga berilgan pullar schyotlarda quyidagicha aks 
ettiriladi. 
D-t 6520 
K-t 5010 
Kasallik tufayli vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan xodimlarga 
nafaqa hisoblash. Davolash (tibbiy) muassasi tomonidan berilgan mehnat qobiliyatini 
yo’qotgan to’g’risida varaqa-byulleten nafaqani hisoblash uchun asos bo’ladi. 
Nafaqa miqdori kasallikdan ilgari ishlangan oyning o’rtacha ish haqi, kasallik 
davom etish hamda uzluksiz mehnat stajiga bog’liq. Ish staji 5 yilgacha bo’lganda ish 
haqining 60%, 5 yildan 8 yilgacha-80%, 8 yil va undan ortiq bo’lganda 100% 
hisoblanadi. Ish shtajidan kat’iy nazar ish haqining 100% miqdorida homiladorlikk 
va tug’ish bo’yicha, ishlab chiqarish jaroxati va kasb kasalligi bo’yicha 16 yoshgacha 
(18 yoshgacha agar (o’quvchi bo’lsa) 3 ta bolasi bo’lgan ishchilarga, urush nogironlariga 
to’lanadi. 
Ish haqi summasiga ijtimoiy sug’urta ajratmalari hisoblanadigan barcha ish haqi, 
qo’shimcha haq va to’lovlar (bir marotaba bo’ladigan mukofotlardan tashqari) qiradi. 
Kasallik tufayli vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan xodimlarga nafaqa 
qo’yidagicha hisoblanadi. Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida oladigan shaxslarga 
ushbu oxirgi oyning ish haqiga avvalgi yilning o’rtacha oylik mukofot summalari 
kushilib, o’rtacha oylik ish haqi summasi aniqlanadi. O’rtacha oylik ish haqini shu 
oydagi ish kunlariga bo’linib, nafaqa % ga kasal bo’lgan kunlarga ko’paytiriladi va 100 ga 
bo’linadi. Mehnatga haq to’lashning vaqtbay shaklida xak oladigan shaxslarga nafaqa 
kasallikdan oldingi o’tgan oylik mukofot summasi ko’shilib o’rtacha oylik ish haqi 
summasi aniqlanadi. 
Eslatma: Kasallik nafaqasi barcha hollarda o’rtacha kunlik ish haqini 2 baravaridan 
ortiq bo’lmasligi lozim. Misol: 7-razryadli ishchi yanvar oyida 3 kun kasal bo’lgan. 
Bu to’g’risida tibbiyot muassasidan berilgan byulleten ya’ni mehnat qobiliyatini 
yo’qotganligi to’g’risida varaqa va tabelda yozuvlar bor. Uzluksiz ish staji 7 yil. U dekabr 
oyida


1. Ishbay ish haqi - 9000 so’m 
2. Vaqtbay ish haqi - 6500 so’m 
3. Mehnat kobiliyatini yo’qotganligi uchun nafaqa - 600 so’m 
4. Oldingi yilda o’rtacha oylik mukofot summasi-1800 so’m olgan. Kasal kunlari 
uchun nafaqa hisoblang. 
Echish: 
1.
O’rtacha oylik ish haqi 
9000 + 6500 + 1800 = 17300 so’m 
2. O’rtacha kunlik ish haqi 
17300 : 23 kun = 752,17 so’m 
O’rtacha kunlik ish haqini ishchining 2 baravarlik tarif stavkasi bilan solishtiramiz. 7 
razryadli ishchini oylik tarif stavkasi 
a) 3430 so’m x 3,48 koef = 11950 so’m 
b) 11950 so’m : 23 = 519,56 kunlik ish haqi 
s) 519,56 x 2 = 1039,12 barobarlik kunlik ish haqi. 
Demak, nafaqani o’rtacha kunlik ish haqi hisobidan hisoblaymiz, chunki ishchining 2 
barobarlik tarif stavkasi o’rtacha kunlik ish haqi qiymatidan yuqori. 
752,17 so’m x 80% x 3 kun = 1805,21 so’m. 
Ijtimoiy sug’urta fondi, pensiya fondi xo’jalik yurituvchi sub’ekt va 
tashkilotlarning tegishli kasaba uyushma organlari joriy schyotiga o’tkazilib ishchi 
va xizmatchilarning asosiy va qo’shimcha ish haklari hamda rag’batlantirish 
fondi hisobidan olingan mukofatlarga nisbatan 35 foiz miqdorida qilinadigan 
ajratmalar hisobidan tashkil topadi. Bunday ajratmalar xo’jalik yurituvchi sub’ektda 
ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxi hisobidan qilinadi. Ishchi va xizmatchilarga 
shu fond hisobidan vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganlik varaqasi bo’yicha 
nafaqa, homiladorlik vaqti va bola tug’ilgandan keyin ayollarga beriladigan nafaqa va 
boshqa moddiy yordamlar ko’rsatiladi. Bundan tashqari, ijtimoiy sug’o’rta fondining 
mablag’lari sanatoriya va dam olish uylarini saqlash hamda ishchi va xizmatchilarga dam 
olish va davolanish uchun beriladigan yo’llanmalarga xarajatlanadi. 
1991 yildan boshlab mehnatkashlarga tayinlanadigan pensiya va nafaqalarning turlari 
ancha kengayib, ularni miqdori sezilarli ravishda oshdi. Shu bilan birga, davlat 
sug’o’rtasi mablag’lari ikki mustakil bo’lgan fondga ajratilib, ulardan biri ijtimoiy 
sug’urta fondi va ikkinchisi pensiya fondi deb nomlanadigan bo’ldi, ijtimoiy sug’urta 
va ijtimoiy ta’minot mablag’laridan foydalanishning yangi tartibi belgilandi. Davlat 
sug’urta va ta’minot fondlari asosan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tashkilot va 
muassasalarning sug’urta to’lovlari hisobidan hosil qilinadi. Hozirgi paytda pensiya 
fondiga ajratmalar faqat mahsulot tannarxi hisobidan emas, undan tashqari 
xodimlarning ish haqidan 2,5% miqdorida ushlab qolinadigan summa hisobidan ham 
qisman hosil qilinadigan bo’ldi. Yangi schyotlar ro’yxatida 6520 "Ijtimoiy sug’urta va 
ta’minot bo’yicha hisob-kitoblar" schyoti ajratilgan bo’lib, unda kasaba uyushmasi 
tashkilotlari bilan ijtimoiy sug’urta, xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarini pensiya 
bilan ta’minlash va tibbiyot sug’urtasini qilishga doyr hamda majburiy va ixtiyoriy 
sug’urtaga doir hisob-kitoblar aks ettiriladi.



Yüklə 430,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin