Stavka haqikatda sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar hajmining 0,5%
miqdorida joriy etilgan (2000 yil 1 yanvardan boshlab 0,7%).
Davlat ijtimoiy sug’urtasi uchun, xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarining nafaqa
ta’minoti (pensiya jamg’armasi) va tibbiy sug’urta hamda bandlik jamg’armasi uchun
ajratmalar bo’yicha hisob-kitob 6520 “Ijtimoiy sug’urta” bo’yicha to’lovlar
deb nomlanuvchi passiv schyotda olib boriladi.
Ijtimoiy sug’urta ajratmalar hisoblanganda:
D-t 0710, 0810-0890, 1010-1090, 1510, 2010, 2310, 2510, 2610, 2320, 9450, 2710,
3190, 9414, 9415, 9210;
K-t 6520.
Sug’urta organlari foydasiga ijtimoiy sug’urta bo’yicha haqikiy o’tkazilgan summaga
quyidagicha provodka beriladi.
D-t 6520
K-t 5110
Ijtimoiy sug’urta bo’yicha xodimlarga berilgan pullar schyotlarda quyidagicha aks
ettiriladi.
D-t 6520
K-t 5010
Kasallik tufayli vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan
xodimlarga
nafaqa hisoblash. Davolash (tibbiy) muassasi tomonidan berilgan
mehnat qobiliyatini
yo’qotgan to’g’risida varaqa-byulleten nafaqani hisoblash uchun asos bo’ladi.
Nafaqa miqdori kasallikdan ilgari ishlangan oyning o’rtacha ish haqi, kasallik
davom etish hamda uzluksiz mehnat stajiga bog’liq. Ish staji 5 yilgacha bo’lganda ish
haqining 60%, 5 yildan 8 yilgacha-80%, 8 yil va undan ortiq bo’lganda 100%
hisoblanadi. Ish shtajidan kat’iy nazar ish haqining 100% miqdorida homiladorlikk
va tug’ish bo’yicha, ishlab chiqarish jaroxati va kasb kasalligi bo’yicha 16 yoshgacha
(18 yoshgacha agar (o’quvchi bo’lsa) 3 ta bolasi bo’lgan ishchilarga, urush nogironlariga
to’lanadi.
Ish haqi summasiga ijtimoiy sug’urta ajratmalari hisoblanadigan barcha ish haqi,
qo’shimcha haq va to’lovlar (bir marotaba bo’ladigan mukofotlardan tashqari) qiradi.
Kasallik tufayli vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan xodimlarga nafaqa
qo’yidagicha hisoblanadi. Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida
oladigan shaxslarga
ushbu oxirgi oyning ish haqiga avvalgi yilning o’rtacha oylik mukofot summalari
kushilib, o’rtacha oylik ish haqi summasi aniqlanadi. O’rtacha oylik ish haqini shu
oydagi ish kunlariga bo’linib, nafaqa % ga kasal bo’lgan kunlarga ko’paytiriladi va 100 ga
bo’linadi. Mehnatga haq to’lashning vaqtbay shaklida xak oladigan shaxslarga nafaqa
kasallikdan oldingi o’tgan oylik mukofot summasi ko’shilib o’rtacha oylik ish haqi
summasi aniqlanadi.
Eslatma: Kasallik nafaqasi barcha hollarda o’rtacha kunlik ish haqini 2 baravaridan
ortiq bo’lmasligi lozim. Misol: 7-razryadli ishchi yanvar oyida 3 kun kasal bo’lgan.
Bu to’g’risida tibbiyot muassasidan berilgan byulleten ya’ni mehnat qobiliyatini
yo’qotganligi to’g’risida varaqa va tabelda yozuvlar bor. Uzluksiz ish staji 7 yil. U dekabr
oyida
1. Ishbay ish haqi - 9000 so’m
2. Vaqtbay ish haqi - 6500 so’m
3. Mehnat kobiliyatini yo’qotganligi uchun nafaqa - 600 so’m
4. Oldingi yilda o’rtacha oylik mukofot summasi-1800 so’m olgan. Kasal kunlari
uchun nafaqa hisoblang.
Echish:
1.
O’rtacha oylik ish haqi
9000 + 6500 + 1800 = 17300 so’m
2. O’rtacha kunlik ish haqi
17300 : 23 kun = 752,17 so’m
O’rtacha kunlik ish haqini ishchining 2 baravarlik tarif stavkasi bilan solishtiramiz. 7
razryadli ishchini oylik tarif stavkasi
a) 3430 so’m x 3,48 koef = 11950 so’m
b) 11950 so’m : 23 = 519,56 kunlik ish haqi
s) 519,56 x 2 = 1039,12 barobarlik kunlik ish haqi.
Demak, nafaqani o’rtacha kunlik ish haqi hisobidan hisoblaymiz, chunki ishchining 2
barobarlik tarif stavkasi o’rtacha kunlik ish haqi qiymatidan yuqori.
752,17 so’m x 80% x 3 kun = 1805,21 so’m.
Ijtimoiy sug’urta fondi, pensiya fondi xo’jalik yurituvchi sub’ekt va
tashkilotlarning tegishli kasaba uyushma organlari joriy schyotiga o’tkazilib ishchi
va xizmatchilarning asosiy va qo’shimcha ish haklari hamda rag’batlantirish
fondi hisobidan olingan mukofatlarga nisbatan 35 foiz miqdorida qilinadigan
ajratmalar hisobidan tashkil topadi. Bunday ajratmalar xo’jalik yurituvchi sub’ektda
ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxi hisobidan qilinadi. Ishchi va xizmatchilarga
shu fond hisobidan vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganlik varaqasi bo’yicha
nafaqa, homiladorlik vaqti va bola tug’ilgandan keyin ayollarga
beriladigan nafaqa va
boshqa moddiy yordamlar ko’rsatiladi. Bundan tashqari, ijtimoiy sug’o’rta fondining
mablag’lari sanatoriya va dam olish uylarini saqlash hamda ishchi va xizmatchilarga dam
olish va davolanish uchun beriladigan yo’llanmalarga xarajatlanadi.
1991 yildan boshlab mehnatkashlarga tayinlanadigan pensiya va nafaqalarning turlari
ancha kengayib, ularni miqdori sezilarli ravishda oshdi. Shu bilan birga, davlat
sug’o’rtasi mablag’lari ikki mustakil bo’lgan
fondga ajratilib, ulardan biri ijtimoiy
sug’urta fondi va ikkinchisi pensiya fondi deb nomlanadigan bo’ldi, ijtimoiy sug’urta
va ijtimoiy ta’minot mablag’laridan foydalanishning yangi tartibi belgilandi. Davlat
sug’urta va ta’minot fondlari asosan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tashkilot va
muassasalarning sug’urta to’lovlari hisobidan hosil qilinadi. Hozirgi paytda pensiya
fondiga ajratmalar faqat mahsulot tannarxi hisobidan emas,
undan tashqari
xodimlarning ish haqidan 2,5% miqdorida ushlab qolinadigan summa hisobidan ham
qisman hosil qilinadigan bo’ldi. Yangi schyotlar ro’yxatida 6520 "Ijtimoiy sug’urta va
ta’minot bo’yicha hisob-kitoblar" schyoti ajratilgan bo’lib, unda kasaba uyushmasi
tashkilotlari bilan ijtimoiy sug’urta, xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarini pensiya
bilan ta’minlash va tibbiyot sug’urtasini qilishga doyr hamda majburiy va ixtiyoriy
sug’urtaga doir hisob-kitoblar aks ettiriladi.