6. inson hayotini qutqarish, huquq-tartibotni, davlat va jamoat mulkini, shuningdek,
fuqarolar mulklarini muxofaza qilish bo’yicha fuqarolik burchini bajarayotgan paytida;
7. donorlik vazifalarni bajarish natijasida mehnat kobiliya-tining yo’qotilishi.
Kasb kasalliklari bo’yicha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
nafaqasi tayinlashda
Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son karori bilan tasdiqlangan
Kasb kasalliklari ro’yxatda ko’rsatilgan kasalliklar hisobga olinadi.
Mehnatda mayiblanish tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa
komissiya tomonidan (jaroxatlangan xodimning ahvoli komissiya majlisiga kelishga
imkon bergan takdirda uning ishtirokida) tayinlanadi. Nafaqadan mahrum etish,
nafaqadan yoki qisman rad etish masalasi nafaqa oluvchining ishtirokida kurib chikiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning bosh buxgalteriya komissiya
bilan bir katorda nafaqa
to’lash bo’yicha mablag’larning to’g’ri xarajatlanishi uchun javobgardir.
Agar nafaqa tayinlanish yoki xodimning umumiy ish stajini aniklash paytida
qonunchilikda ko’zda tutilgan qoidalar buzilishiga yo’l qo’yilgan yoki to’lov uchun
taqdim qilingan hujjatlar noto’g’ri rasmiylashtirilgan bo’lsa bosh buxgalter
to’lovni amalga oshirmay, ularni yul qo’yilgan xatolar to’g’risidagi
yozma
bayonnomasi bilan ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiyaga qaytarib berishi shart.
Hududiy soliq organlarining talabiga binoan xo’jalik yurituvchi sub’ekt ma’muriyati
tekshirish o’tkazish uchun zarur bo’lgan nafaqalarga oid tekshirishlar nafaqalar to’lanadigan
mablag’larni xarajat qilishda suii’stemolik fosh etilgan takdirda o’tkaziladi.
Barcha tekshirishlar belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ish beruvchi tomonidan
mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi koidalari buzilishi oqibatida
xodimning mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligi sababli berilgan vaqtincha
mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqani to’lashga ketgan barcha xarajatlarni
koplashi lozim. Nafaqalarni to’lash uchun qilingan xarajatlar
qonunchilikda xilof
rafishda amalga oshirilganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt, tashkilot, muassasalari
tomonidan qilingan xarajatlar Pensiya jamg’armasi hisobiga kabul qilinadi va ular
xo’jalik yurituvchi sub’ekt
hisobiga yozib qo’yiladi.
Ishchilarga mehnat ta’tiliga to’lanadigan ish haqi mahsulot tannarxiga yid davomida bir
tekis o’tkazilishini ta’minlash uchun har oyda ma’lum mablag’ rezerv qilib boriladi.
Rezerv summasi ishchilarga har oyda haqikatan hisoblangan ish haqiga ma’lum foiz
miqdorida tashkil qilinadi va schyotlarda quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuzish
bilan aks ettiriladi:
D-t 2010, 2110, 2310, 2320, 2510
K-t 8910 “Kelgusida qilinadigan xarajat va to’lovlar rezervi”
schyoti Ishchilarning
mehnat ta’tili vaqtida haqikatda hisoblangan ish haqini summasiga quyidagicha
provodka beriladi.
D-t 8910
K-t 6710 8910 schyot bo’yicha kredit koldigi foydalanilmagan rezerv summasini
ko’rsatadi.