mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish
II.7. Qo`shimcha va ustama mehnat haqlarini hisoblash tartibi. Oylik mehnat haqi oluvchi ishchilarga ishlagan soatlari yoki kuni uchun 2 barobardan
kam bo`lmagan mehnat haqi, agar bu soat yoki kun oylik vaqt hajmidan ortiq bo`lsa,
agarda bayram kunlari ishlagan vaqti 1 oylik mehnat vaqtining me’yoriga kirsa, unda
1 barobar mehnat haqi to`lanadi.
Bayram kuni ishlagani uchun ishchining xoxishiga ko`ra unga belgilangan tartibda
haq to`lanadi yoki 1 barobar mehnat haqi saqlangan holda dam olish kuni beriladi.
Ishchining tundagi ish smenasining bir qismi bayram kuniga utsa, usha smenaning
bayram kuniga o`tgan soati uchun 2 barobardan kam bo`lmagan mehnat haqi
to`lanadi. Bu kunlari tunda ishlagan smena uchun yoki ishdan tashqari vaqtda
ishlagani uchun qo`shimcha haq to`lanmaydi, chunki hamma soatlar uchun bayram
munosabati bilan 2 barobar haq to`lanadi.
G. Ko`p smenali ish tartibi.
Ko`p smenali ishni shakllantirish asosan uzluksiz tartibda ishlovchi sub’ektlarda
(elektr ishlab chiqaruvchi, metallurgiya, to`qimachilik, non mahsulotlari va hokazo)
amalga oshiriladi. Bu sub’ektlarda ikki va undan ko`p smenali ish tashkillashtiriladi.
Kechki smena yoki tungi smenadagi bajarilgan ishlar uchun beriladigan
imtiyozlarning hajmi har xil bo`ladi. Tungi smena - bu ish vaqtining yarmidan ko`p
qismi soat 22dan ertalabki 6gacha to`g’ri keladigan smenadir.
Kechki smena – bu tungi smenadan oldingi smena bo`lib, uning boshlanishi soat 14-
16 larga to`g’ri keladigan smenadir.
Boshqacha mehnat qilish tartiblari ko`p smenali ish tartibiga kirmaydi (masalan, ish
soatlarini ko`chirish, sutkali navbatchilikda bo`lish va hokazo). Bu
turdagi ishchilarga mehnat qilish sharoitiga qarab boshqa turdagi qo`shimcha
to`lovlar mavjuddir
Bekor turish va mehnatga layoqatsiz vaqtida haq hisoblash va uni hujjatlashtirish. Ta’til davriga to`g’ri keladigan bayramli ishlanmaydigan kunlar ta’tilning kalendarli
sanasiga kiritilmaydi va haq to`lanmaydi.
O`rtacha mehnat haqini hisoblaganda sug’urta badallari qo`shiladigan hamma
to`lovlar hisobga olinadi. Biroq uning hisobi paytida hisobli davrdan haqiqiy
to`langan summalarini, shuningdek ishchi ishdan bo`shagan (mehnat haqini qisman
qoldirish yoki maoshsiz( paytini, asosiy, qo`shimcha yoki o`quv ta’tilida
bo`lganligini, vaqtinchalik ishga layoqatsizligi bo`yicha yoki homilador va ko`zi
yorish (tug’ish) bo`yicha nafaqa olganini, shuningdek sub’ektning, sexning yoki
ishlab chiqarishning yoki faoliyatini to`xtatganligi, mahsulotni ishlab chiqarish
hajmining qisqarganligi sababli ishlamagan kunlari chiqarib tashlanadi.
O`rtacha oylik maosh hisobiga quyidagi pullik to`lovlar: ishlatilmagan ta’til uchun
badal (haq), ishdan ketish paytidagi dam olish kunlari uchun nafaqa, moddiy yordam,
yagona mukofotlar va boshqalar sifatidagi har xil turdagi qo`shimcha to`lovlar va
nafaqalar kirmaydi.