11 – laboratoriya mashg‘ulot Nochiziqli boshqarish sistemalarini modellashtirish Ishdan maqsad



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix30.09.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#150693
  1   2   3   4   5
1-lab



11 – laboratoriya mashg‘ulot 
Nochiziqli boshqarish sistemalarini modellashtirish 
Ishdan maqsad: 
 
Mexanik tizimlarni modellashtirish va ularni MatLab tizimida amalga 
oshirishni o’rganish. 
Nazariy qism:
Matematik modellash – modellarni qurish va o‘rganish 
bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Bunda, o‘rganilayotgan ob'ekt o‘rniga model deb 
ataluvchi moddiy ob'ekt olinadi. O‘rganilayotgan ob'ektga o‘xshash modelning 
jarayonlari boshqa fizik hodisaga mos, lekin bir xil tenglamalar bilan tavsiflanadi. 
Matematik modellar hisoblash mashinalari yoki to‘g‘ri analogli qurilmasi orqali 
amalga oshiriladi. Hisoblash mashinalarida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonning 
matematik tavsifini bir qator elementar matematik operatsiyalar bajarib tiklanadi. 
Bu operatsiyalar bir nechta elementlarni bir vaqtda yechish yoki bitta elementni ko‘p 
marta yechish bilan bajariladi. To‘g‘ri analogli modellar, hisoblash mashinasidan 
farqli ravishda alohida elementlarga bo’linmaydi. Ular boshlang‘ich nisbatlarni 
qurilmada o‘tayotgan hodisa xususiyatlariga ko‘ra tiklaydi. Bunda doimo model va 
haqiqiy jarayon parametrlari o‘rtasidagi bir ma'noli moslashuvi (tanlangan analogiya 
tizimiga ko‘ra) ko‘rsatish mumkin. 
O‘rganilayotgan ob'ektning kirishi va boshqaruvchi parametrlari o‘rtasidagi 
nisbatan aniqlovchi tenglamalar tizimi 
matematik tavsif
deyiladi. Ob'ektning 
matematik modelini qurish va uni o‘rganish bir qator o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
bosqichlarni bajarish demakdir.
Modellash vazifasini aniqlash: 
-ob'ektni o‘rganish va tavsifning shakllanishi; 
-matematik tavsifni tuzish; 
-modellovchi algoritmni ishlab chiqish; 
-olingan model va haqiqiy jarayonning mosligini aniqlash; 
-modellash (ob'ektning matematik modelini tadqiq qilish; 
-olingan ma'lumotni tahlil qilish. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin