mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish
II.8. Ish haqi fondining ishlatilishi ustidan nazoratni tashkil etish Ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga muvofiq mehnatga haq to’lash fondi ustidan
doimiy nazorat bevosita korxona xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Buxgalteriya xodimlari ishbay narx va baholarning tarif stavkalarini, maosh, ustama
haq va qo’shimcha to’lovlar, mukofotlarning to’g’ri qo’llanilishi va hisoblanishi
ustidan joriy nazorat o’rnatishi kerak.
Shu vaqtga qadar ish haqi fondidan to’g’ri foydalanilishi ustidan tashqi nazorat
funksiyalari davlat tomonidan bank muassasalari zimmasiga yuklangan edi.
Bank nazorati mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab chiqarish hajmi yoki korxona
faoliyatini ifodalovchi boshqa ko’rsatkichlar (daromad) hamda ish haqi buyicha hisob
va hisobotning joriy etilgan tartibi asosida har chorakda amalga oshirilar edi.
Bank muassasalalari korxonaga ish haqi uchun mablag’larni mahsulot (ish, xizmat)lar
yoki daromad hajmining o’sish darajasi 0,7 koeffitsiyentiga to’g’rilangan ish haqi
fondining baza darajasiga asoslangan holda berar edi. Ishlab chiqarish hajmi
kamaygan taqdirda ish haqi uchun mablag’lar bank tomonidan ish haqi fondining
baza darajasida berilar edi.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’z mablag’laridan mustaqil foydalanish ko’lamini
oshirish maqsadida respublikamizda ko’pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 avgustda qabul
qilingan «Pul mablag’larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish
chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorida korxona, tashkilot va muassasalarning
bankdagi o’z hisobvaraqlaridagi pul mablag’laridan erkin foydalanishini yanada
kuchaytirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Хususan, ushbu Qarorning 3-bandiga
muvofiq 2002 yil 1 sentabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarga tijorat banklaridagi o’z hisob raqamlaridan naqd mablag’larni
topshirilgan naqd tushum doirasida belgilangan tartibda birinchi talab bo’yicha olish
huquqi berilishi ko’zda tutilgan.
Qarorning 4-bandiga binoan 2002 yil 1 oktabridan boshlab, mulkchilik shaklidan
qat’iy nazar, korxona va tashkilotlarda mehnatga haq to’lashga yo’naltiriladigan
mablag’larning davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilinishi ta’kidlab o’tilgan.
Shuningdek, 2002 yilning to’rtinchi choragidan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy
nazar, yuridik shaxslar yollanib ishlovchilarga mehnatga haq to’lash sifatida
hisoblangan va amalda to’langan summalar hamda boshqa daromadlar to’g’risidagi
ma’lumotlarni, shuningdek, ushbu daromadlardan soliq summalari to’g’risidagi
ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga har chorakda taqdim etishi belgilab
qo’yilgan.
Qarorning amaliyotga tatbiq etilishi respublikamizda faoliyat yuritayotgan yuridik
shaxslarning mehnatga haq to’lash fondi ustidan nazoratni o’zlari yuritishini belgilab
beradi.