Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238


Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi



Yüklə 430,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/21
tarix13.12.2023
ölçüsü430,95 Kb.
#175687
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilgan: 
• vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotish bilan bog’liq kasallikda (shikastlanishda) 
• sanatoriy-kurortlarda davolanganda; 
• kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda; 
• karantinda; 
• sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o’tkazilganda; 
• mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) ko’ydirish uchun 
reabilitatsiya muassasalariga yotkizilganda. 
Ikkinchi jahon urushi nogironlariga, baynalmilal jangchilarga, Chernobil AES 
falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni 
davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o’tkir miokard infarqti bilan kasallangan, 
jarrohlik uslubi bilan yurakning aorta-ko-ronar shuntovkasi va o’t pufagini olib 
tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga, shuningdek sil kasalligi bilan 
og’riganlarga nafaqa sanatoriyda bo’lgan barcha vaqt uchun beriladi. O’n olti yoshgacha 
bo’lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), 
nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun (sanatoriyga borib-kelish 
vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi to’g’risidagi tibbiy xulosa 
mavjud bo’lganda nafaqa beriladi. Uch yoshgacha bo’lgan bolani yoki 16 
yoshgacha bo’lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo’lgan ona kasal bo’lib, 
bolani parvarishlashga qurbi etmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo’lgan 
ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qaridoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga 
asosan) nafaqa beriladi. 
Oilaning kasal bo’lgan a’zosiga karash bo’yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik 
varaqasi bemor birovning parvarishiga muxtoj bo’lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan 
davr uchun beriladi. O’n to’rt yoshga etmagan bemor bolaga qarash uchun 
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo’lgan, ammo 
14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. 
Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band bo’lgan xodimlarga mehnatda mayiblanish 
yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va 
tug’ish bo’yicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish to’g’risida tuzilgan mehnat 


shartnomasida ko’rsatilgan ish kunlari doirasida to’lanadi. Ishlayotgan nogironlarga 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki 
kasb kasalligida tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan 
muddatga beriladi. 
Ishlayotgan Ikkinchi jaxon urushining nogironlariga va imtiyozlari jixatdan 
ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AES dagi falokat yoki uning 
oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha ishlarni bajarish bilan bog’liq sabablarga ko’ra 
nogiron bo’lgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi (mehnatda 
mayiblanish hodisalari yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi). Agar ishlovchi 
nogironning vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi mehnatda mayiblanish yoki 
kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to’la sog’aygunga yoki mehnatda 
mayiblanish yoki kasb kasalligi bilan bog’liq nogironlik guruhi qayta ko’rib
chiqilgunga qadar to’lanadi. 
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa shaxs to’la
sog’aygunga qadar, lekin ko’pi bilan 10 oyga beriladi. Xodim sil kasalligi bilan qayta 
kasallanganda yoki sil kasaligi okibatida nogiron nafaqa mazkur bandda belgilangan 
muddatlarga to’lanadi. Vaqtincha mehnatga kobiltyatsizlik quyidagi davrlarga to’g’ri 
kelganda nafaqa to’lanmaydi: 
• ish haqi saklanmagan ta’til; 
• bolani parvarishlash bo’yicha ta’til; 
• ish vaqtincha to’xtatilgan; 
• xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to’lash to’xtatib qo’yilganligi 
sababli ishlamagan; 
• xarbiy o’quv yoki tekshiruv yigini; 
• ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida taxsil olish munosabati bilan
berilgan qo’shimcha ta’til. 
Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi xodim
ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi: 
• ishdan yoki boshqa vazifalardan bo’yin tovlash maqsadida o’z salomatligiga ataylab ziyon
etkazgan yoxud o’zini kasallikka solganda; 
• giyohvandlik yoki mastlik bilan bog’liq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli 
va giyoxvandlik 
moddalarini 
iste’mol 
qilish 
natijasida 
kasallika
chalinganda(jaroxatlanganda); 
• jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda; 
• sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruxiy kasallardan tashqari); 
• hibsda bo’lgan davrda; 
• sud-tibbiyot ekspertizasidan o’tish davrida. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan kat’i nazar 
ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarda to’lanadi: 
• ishlayotgan Ikkinchi Jahon urushi katnashchilariga; 


• baynalmilal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga; 
• qaramog’ida 16 yoshga (o’quvchilar 18 yoshga) etmagan uch yoki undan ortiq bolalari 
bo’lgan xodimlarga; 
• Chernobil AES dagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga; 
• Chernobil AES dagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya 
qilingan va ko’chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o’tkir leykoz) 
• qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o’smalar bilan bog’liq kasalliklarga 
chalingan xodimlarga; 
• mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz 
bo’lgan xodimlarga. 
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya 
kasalliklari, yangidan paydo bo’ladigan xatarli o’simtalar, jinsiy yo’l bilan o’tadigan 
kasalliklar, SPID,moxov(lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo’yicha hisobda turgan 
xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lagan davrining 
(umumiy ish stajining) davomiyligiga bog’liq ravishda vaqtincha mehnatga 
kobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to’lanadi: 
• umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga- ish haqining 100 
foizi miqdorida; 
• umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga-ish haqining 80 foizi 
miqdorida; 
• umumiy ish staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga-ish haqining 60 foizi miqdorida. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa barcha hollarda belgilangan eng 
kam ish haqidan kam bo’lmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori 
bo’lmasligi lozim.Nafaqa miqdori vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan 
kungacha, mehnat daftarchasi yoki uning o’rniga berilgan boshqa hujjat, 
shuningdek ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida 
hisoblangan umumiy ish stajiga muvofiq aniqlanadi. 
Ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalarni tayinlash uchun umumiy ish stajini 
hisoblash tartibi. Umumiy ish staji belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mehnat 
daftarchasi yoki uning o’rniga berilgan boshqa hujjat asosida aniqlanadi. Umumiy ish staji 
to’g’risidagi hujjatlar bo’lmaganda ish davri guvohlar ko’rsatmasi asosida belgilanadi. 
Tabiiy ofat, falokat, fojia yoki boshqa favqulodda holatlar tufayli ish staji to’g’risidagi
hujjatlar to’liq yoki qisman saqlanmagan bo’lsa, ish stajini tasdiqlash O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, Qorakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
viloyat, tuman (shaxar) xokimiyatlari tomonidan tuziladigan ish stajini aniqlash 
bo’yicha maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Qisman saqlangan hujjatlar 
hamda guvohlar ko’rsatmalari asosida yuqorida ko’rsatilgan komissiyalar 
tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari hujjatlar bilan tasdiqlangan ish davri 
singari ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqa olish huquqini beradigan umumiy ish stajiga 
hisoblanadi. Yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxs 
va dehqon xo’jaligi a’zosining mehnat stajiga ular byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasiga sug’urta badallari to’lagan davrlari kiritiladi. 
Umumiy ish stajiga quyidagilar kiradi: 


a) faoliyat turi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar, xodim davlat 
tomonidan ijtimoiy sug’urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u byudjetdan
tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lagan bo’lsa. 
Shirkat xo’jaligi (fermer xo’jaligi) a’zosi uzrsiz sabablarga ko’ra xo’jalikda 
belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo’lsa, ishlagan vaqtning 
amalda davom etgan davri hisobga olinadi. 
Ijodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi xodimlarga ish staji ijodiy uyushmalar 
boshqaruvi tomonidan, uning birinchi bosilgan yoki dastlabki ijro etgan yoxud mazkur 
muallifning asari birinchi marta ommaga ko’rsatilgan kundan boshlab, agar u byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badali to’lab turgan bo’lsa, ish stajiga 
hisoblanadi; 
b) xarbiy xizmat, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, milliy xavfsizlik organlaridagi
hamda chegara qo’shinlaridagi xizmat davri; 
v) xarbiylashtirilgan soqchilik, maxsus aloka organlari hamda tog’qutqaruv
qismlaridagi xizmat davri, kaysi idoraga buysunishidan kat’iy nazar; 
g) diniy tashkilotlarda ishlagan davr, agar ular byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasiga sug’urta badali to’lab kelgan bo’lsalar; 
d) yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi shaxs va
dexkon xo’jaligi a’zosining byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari
to’lagan davr; 
e) alohida fuqarolarga yollanib ishlagan davr (uy xodimlari, kotibalar, enagalar, 
haydovchilar, qorovullar va boshqalar), agar ular byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasiga sug’urta badallari to’lab kelgan bo’lsalar; 
j) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan va keyinchalik oqlangan fukarolarning 
qamoqda bo’lgan va mahbuslikni utagan davri. Sanoatning mavsumiy tarmoqlaridagi 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda band bo’lgan xodimlarga mavsum davomidagi ish bir 
yilga, mavsumda to’liq ishlamagan taqdirda, haqiqiy ishlagan davr hisobga olinadi. 
Chet elda ishlagan ish davri, agar byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga
belgilangan sug’urta badallari to’lab kelingan bo’lsa va davlatlararo bitimlarda boshqa
imtiyozlirok holat kuzda to’tilmagan bo’lsa, ish stajiga hisoblandi. O’zbekiston 
Respublikasi fuqarolarning chet elda yollanib (bitim asosida) ishlagan ish davri Tashqi 
mehnat daftarchasiga kiritilgan yozuvlar bo’yicha, agar byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasiga sug’urta badali to’lab kelingan bo’lsa, ish stajiga hisoblanadi. 
Dehqon xo’jaligi a’zosi, yil mobaynida ishlab undan kamida 9 oy byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasiga belgilangan tartibda sug’urta badali to’lagan bo’lsa, ushbu davr
kalendar yil hisoblanadi. Kalendar yil mobaynida yuridik shaxs bo’lmasdan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxsning asosiy faoliyati qishloq 
xo’jaligi maxsulotlari etishtirish va qayta ishlash bo’lgan hollarda, agar mazkur yilda 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari belgilangan tartibda 
kamida 9 oy mobaynida to’langan bo’lsa stajga kalendar yil qo’shiladi. 

Yüklə 430,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin