Nafaqa, mehnat qobiliyati tiklangan,
nogironlik belgilangan, homiladorlik va
tug’ish ta’tili tugagan, vafot etgan yoki bola tug’ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida
murojaat qilinganda to’lanadi. Bunda, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
nafaqasi uni
olish uchun murojaat qilingan kungacha bo’lgan 12 oydan oshmagan davr uchun beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug’ish ta’tili) kunlari xodimning
ishdan noqonuniy bo’shatilgan to’g’risida nizo ko’rilayotgan davrga to’g’ri
kelgan
hollarda, u ishga tiklangan taqdirdagina (barcha mehnatga qobiliyatsiz kunlar uchun)
nafaqa olish huquqiga ega bo’ladi
.
Nafaqa oyiga bir marta-oyning ikkinchi yarmi uchun
beriladigan ish haqi bilan birga
to’lanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt, muassasa, tashkilot (bundan buyon-xo’jalik
yurituvchi sub’ekt)lar tomonidan ish joyida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi
mablag’larining ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar
uchun maqsadga muvofiq
xarajatlanishi ustidan nazorat qilish Davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: