Uch ish kuni davomida olinmagan ish haqi deponentga o’tkazilgan, ya’ni saqlash
uchun qoldirilgan hisoblanadi. Kassir uni bankka korxonaning hisob-kitob varag’iga
o’tkazib, «deponentga qo’yilgan summa» deb ko’rsatadi. Хodimlar uni korxona
kassasidan chiqim orderi bo’yicha oladi. Хodimlarning ish haqi summasi deponentga
o’tkazilganida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 6710-«Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» hisobvarag’i
K-t 6720-«Deponentlashtirilgan ish haqi» hisobvarag’i.
Deponentga qo’yilgan summalar deponentlar daftarida yoki deponent varaqachasida
qayd etiladi. U korxona tomonidan 3 yil mobaynida saqlanadi. Ko’rsatilgan muddat
tugagach, deponentga qo’yilgan summalar yillik balans tuzish paytida korxona
daromadlariga qo’shiladi va quyidagicha buxgalteriya provodkasi bilan
rasmiylashtiriladi:
D-t 6720-«Deponirlashtirilgan ish haqi» hisobvarag’i
K-t 9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan
daromad» hisobvarag’i.
Ishchi va xizmatchilarga ish haqi to’langanida quyidagicha buxgalteriya provodkasi
beriladi:
D-t 6710-«Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» hisobvarag’i
K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» hisobvarag’i.
Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitobning analitik hisobi ish haqi hisoblash-to’lash
vedomostlarida, sintetik hisobi esa 6710-«Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha
hisoblashishlar» hisobvarag’ida yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: