Ishbay-progressiv
Bilvosita ishbay
Akkord
Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajarilgan ishga
amaldagi narxlar asosida ish birligi uchun hisoblanadi.
Oddiy ishbay
shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sonini ishbay narxiga ko’paytirish
yo’li bilan ish haqi miqdori aniqlanadi.
Ishbay-mukofot
shaklida bevosita ishbay narxlar bo’yicha ish haqidan tashqari
ma’lum ishlab chiqarish yutuqlariga erishilganligi uchun haq oladi. Masalan, ish
sifatining yaxshiligi, moddiy boyliklar tejalgani va hokazolar.
Ishbay-progressiv
shaklida ishchilar mehnatiga belgilangan boshlang’ich me’yor
doirasida bevosita ishbay narxlar bo’yicha, bu me’yordan ortiqchasiga esa oshirilgan
narx bo’yicha haq to’lanadi. Ishbay narxlar oshishi har bir holda maxsus shkala
bo’yicha aniqlanadi.
Bilvosita ishbay
shakli ishbay narxlari bo’yicha belgilanib, xizmat ko’rsatayotgan
uchastkadagi o’rtacha ish me’yorining bajarilish foiziga ko’paytirilishi mumkin.
Akkord
shakli butun ish hajmi uchun ish haqi miqdorini belgilaydi hamda akkord
topshiriqlarni bajarish muddatlarini qisqartirganlik uchun mukofotlashni o’z ichiga
oladi. Bunda ishlarning umumiy qiymati vaqt me’yorlari va narx asosida aniqlanadi.
Ishbay akkord shakli asosan mavsumiy ishlarni hamda ayrim buyurtmalarni
bajarishda qo’llaniladi.
Ish haqining vaqtbay shaklida xodimning malakasiga va ishlagan vaqtiga qarab haq
to’lanadi.
Oddiy vaqtbay
shaklida xodimlar ishlagan vaqtiga qarab belgilangan maosh asosida
haq olishadi.
Vaqtbay-mukofot
shaklida tarif stavkalari bo’yicha ish haqidan tashqari muayyan
miqdor va sifat ko’rsatkichlariga erishganlik uchun qo’shimcha ravishda mukofot
to’lanadi.
Korxona va tashkilotlarda xodimlarga ish haqidan tashqari turli xil pul to’lovlari va
rag’batlantirish to’lovlari ham beriladi. Ularga quyidagilar kiradi:
-
yillik ish yakunlari bo’yicha rag’batlantirish;
-
muhim ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarganlik uchun rag’batlantirish;
-
korxonalarning o’qishga yuborilgan talabalarga beradigan stipendiyalari;
-
davolanish uchun beriladigan yo’llanmalar qiymati;
mehnat jamoasi a’zolariga aksiyalar uchun to’lanadigan dividendlar va boshqalar
.
Dostları ilə paylaş: