MATEMATIK MODELLASHTIRISH, SONLI TAHLIL USULLARINI AMALGA OSHIRISH. HISOBLI EKSPERIMENT.
REJA:
1. Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda amalga oshirish. Hisobli eksperiment.
2. Mathematica, Maple, Matlab, MathCAD dasturlari misolida static va dinamik modellarni amalga oshirish.
3.Tizim tarkibida dasturlash.
ANNOTASIYA Ushbu maqolada iqtisodiyotdagi matematik model haqida so'z boradi. Matematik modellar statistik modellar, differensial tenglamalar yoki o'yin nazariyasi modellari kabi ko'plab shakllarga ega bo'lishi mumkin. Ushbu va boshqa turdagi modellar bir-biriga mos kelishi mumkin, ma'lum bir model ko'plab mavhum tuzilmalarni o'z ichiga oladi. Ko'p hollarda ilmiy sohaning sifati nazariy jihatdan ishlab chiqilgan matematik modellarning takroriy tajribalar natijalari bilan qanchalik mos kelishiga bog'liq.
Kalit so’zlar: Matematik model, mikro, makrodaraja, model, modellashtirish,iqtisodiy-matematik usullar.
Zamonaviy iqtisodiyot fani va amaliyoti amaliy matematika yutuqlaridan tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab xo‘jalik masalalarini samarali hal qilishning muhim vositasiga aylantirmoqda. Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro ham makrodarajada tabiiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o‘z ichiga oladi. Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o‘zgaruvchilar va obyektlarning eng muhim, ahamiyatli bog‘lanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo‘nda bayon qilishga imkon beradi. Bunda modellar va modellashtirish muhim o‘rin tutadi.
ASOSIY QISM Model - bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan obyektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy obyektning o‘rnini shunday bosadiki, uni bevosita o‘rganish haqiqiy obyekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo‘yilgan masalani yechish uchun muhim bo‘lmagan qismlar chiqarib tashlanadi. Bir tomondan, modellar oson o‘rganiladigan bo‘lishi kerak, shuning uchun ular juda murakkab bo‘lmasligi kerak - binobarin, ular albatta faqat soddalashtirilgan nusxalar bo‘ladi. Biroq, ikkinchi tomondan, modellarni o‘rganishdan olingan xulosalarni haqiqiy obyektlarga ham qo‘llash lozim, demak, model o‘rganilayotgan haqiqiy obyektning muhim tomonlarini aks ettirishi kerak. Modellashtirish deganda, modellarni qurish, o‘rganish va qo‘llash jarayoni tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni o‘z ichiga oladi: 1) subyekt (tadqiqotchi); 2) tadqiqot obyekti; 3) o‘rganuvchi subyekt bilan o‘rganilayotgan obyektning munosabatlarini vositalovchi model. Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo‘llanila boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish, arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya, biologiya va nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarni qamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval), A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarning modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro‘-e’tibor keltirdi. Turli iqtisodiy hodisalarni o‘rganish uchun ularning iqtisodiy modellar deb ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi modellari, firma modellari, iqtisodiy o‘sish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi muvozanat modellari va boshqa ko‘p modellar iqtisodiy modellarga misol bo‘ladi. Iqtisodiyotda matematik model --bu iqtisodiy obyektlar yoki jarayonlarni tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy obyektning matematik modeli - bu uning funksiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko‘rinishidagi aks ettirilishi. Bunday aks ettirish o‘rganilayotgan obyekt elementlarining munosabatlari to‘plamini model elementlarining shunga o‘xshash munosabatlariga birlashtiradi. Iqtisodiy-matematik modellarni amaliyotda qo‘llash usullari iqtisodiy-matematik usullar deb ataladi. Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotni o‘rganish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning uyushmasidir. Bu tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida akademik V.S.Nemchinov tomonidan kiritilgan bo‘lib IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaning tutashishida hosil bo‘lgan. Modellashtirish jarayonining asosiy bosqichlari turli sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyotda ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Iqtisodiy-matematik modellashtirish bitta siklining bosqichlari ketma-ketligi va mazmunini tahlil qilaylik. Iqtisodiy muammoning qo‘yilishi va uni sifat jihatdan tahlil qilish. Bu bosqich modellashtiriladigan obyektning eng muhim xususiyatlari va xossalarini ajratib, ularni ikkinchi darajalilaridan abstraksiyalashni; obyektning tuzilmasi va uning elementlarini bog‘lovchi asosiy bog‘lanishlarni o‘rganishni; obyektning holati va rivojlanishini tushuntiruvchi (hech bo‘lmaganda dastlabki) gipotezalarni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Matematik modelni qurish. Bu bosqich iqtisodiy muammoni formallashtirish, uni tayinli matematik bog‘lanishlar va munosabatlar (funksiyalar, tenglamalar, tengsizliklar va h.k.) ko‘rinishida ifodalash bosqichidir. Odatda avval matematik modelning asosiy qurilmasi (turi) aniqlanadi, so‘ngra bu qurilmaning tarkibiy qismlari (o‘zgaruvchilar va parametrlarning aniq ro‘yxati, bog‘lanishlar shakli) aniqlashtiriladi. Modelni matematik tahlil qilish. Bu bosqichning maqsadi modelning umumiy xossalarini aniqlashdan iborat. Bu yerda tadqiqotning sof matematik usullari qo‘llaniladi. Modelning analitik tadqiqotida yechimning mavjudligi, yagonaligi, yechimga qaysi o‘zgaruvchilar (noma’lumlar) kirishi mumkinligi, ular orasidagi munosabatlar, bu o‘zgaruvchilar qaysi doirada va qanday dastlabki shartlarga bog‘liq ravishda o‘zgarishi, ularning o‘zgarish yo‘nalishlari va shu kabi masalalar oydinlashtiriladi. Modelning analitik tadqiqoti empirik (sonli) tadqiqotiga nisbatan shunisi bilan afzalki, bunda olinayotgan xulosalar modelni tashqi va ichki parametrlarining har xil tayinli qiymatlarida o‘z kuchini saqlaydi. Shunga qaramay, murakkab iqtisodiy obyektlarning modellari juda katta qiyinchilik bilan analitik tadqiqotlarga keltiriladi. Analitik usullar bilan modelning umumiy xossalarini aniqlashning ilojisi bo‘lmaydigan hamda modelni soddalashtirish maqsadga muvofiq bo‘lmagan natijalarga olib keladigan hollarda tadqiqotning sonli usullariga o‘tiladi. Dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash. Modellashtirish axborot tizimiga qat’iy talablar qo‘yadi. Shu bilan birga axborot olishning haqiqiy imkoniyatlari amalda qo‘llash uchun mo‘ljallangan modellarning tanlanishini chegaralab qo‘yadi. Bunda nafaqat (aniq muddatlarda) axborot tayyorlashning amaldagi imkoniyati, balki tegishli axborot massivlarini tayyorlashning sarf-xarajatlari ham e’tiborga olinadi. Bu sarf-xarajatlar qo‘shimcha axborotdan foydalanish samarasidan oshishi kerak emas. Sonli yechish. Bu bosqich masalani sonli yechish uchun algoritmlarni ishlab chiqish, EHMlarda dasturlar tuzish va bevosita hisoblashlar o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Bu bosqichdagi qiyinchiliklar, birinchi navbatda, iqtisodiy masalalarning katta hajmi, juda katta axborot massivlarini qayta ishlash zaruriyatidan kelib chiqadi. Sonli usullar bilan o‘tkaziladigan tadqiqot analitik tadqiqot natijalarini jiddiy to‘ldirishi mumkin, ko‘pgina modellar uchun esa u amalga oshiriladigan birdan-bir tadqiqot bo‘ladi. Sonli usullar bilan yechish mumkin bo‘lgan iqtisodiy masalalar sinfi analitik tadqiqot qilish mumkin bo‘lgan masalalar sinfidan ancha kengroq. Sonli natijalar tahlili va ularning tadbiqi. Siklning bu yakunlovchi bosqichida modellashtirish natijalarining to‘g‘riligi va to‘laligi, ularning amalda qo‘llanish darajasi haqida muammo ko‘tariladi. Tekshirishning matematik usullari modellarning noto‘g‘ri tuzilishini aniqlaydi va shu bilan to‘g‘ri bo‘lishi mumkin bo‘lgan modellar sinfini toraytiradi. Model vositasida olinadigan nazariy xulosalar va sonli natijalarning formal bo‘lmagan tahlili, ularni mavjud bilimlar va haqiqatdagi faktlar bilan solishtirish iqtisodiy masala qo‘yilishining, qurilgan matematik modelning, uni axborot bilan va matematik ta’minotining kamchiliklarini payqashga imkon beradi. Har qanday ekonometrik tadqiqotlar iqtisodiy jarayon va hodisalarni statistik kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarga asoslangan holda olib boriladi. Har bir iqtisodiy hodisa va jarayon esa makro yoki mikro statistik ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Statistika nazariyasi fanidan ma’lumki statistik ko‘rsatkichlar mutloq, nisbiy va o‘rtachalardan iborat bo‘lib, ular o‘zlarining miqdoriy va sifat tomonlariga ega. Demak, iqtisodiy jarayonlar yuqoridagi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Statistik kuzatish natijasida olingan va tahlil qilingan ma’lumotlar ekonometrik modellarning statistik bazasini tashkil etadi.
Ilmiy texnika taraqqiyoti hisoblash texnikasini keng qo`llanishi asosida jarayonlar va tizimlarni avtomatik hamda avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlaridan foydalanib,mamlakatimiz halq xo`jaligiga fan texnikaning eng yangi yutuqlarini keng-ko`lamda qo`llab borishni taqazo etadi. Halq xo`jaligini muvaffaqiyatli boshqarish uchun ularning alohida sifat ko`rsatkichlarini hisobga olish etarli emas. Murakkab tizimlarni va jarayonlarni to`la tahlil qilish uchun texnik kibernetikaning usullarini keng qo`llash zarur bo`ladi. Ishlab chiqarishda tobora keng yoyilib borayotgan texnik-kibernetika tadbiqiy fan bo`lib, bu fan nazariy kibernetika ishlab chiqqan vositalar bo`yicha murakkab jarayonlar va tizimlarni AKT yordamida boshqarish usullarini o`rganadi.
Hozirgi davrda modellashtirishning regression, korrelyatsion, o`xshash, taqlidiy, argumentlarni guruрplab hisobga olish usullari keng tarqalgan.
Matematik modellar ob’yektni nazariy va amaliy tahlil qilish natijasida yaratiladi.
Tajribalarni matematik rejalashtirish usullari qaralayotgan jarayon yoki tizimning matematik modelini chiquvchi ko`rsatkichga ta’sir etuvchi faktorlarning o`zgarish miqyosida optimal usulda qurish imkonini beradi.
Jarayon va tizimlarni ilmiy tadqiqot qilish quyidagi maqsadlarni ko`zlaydi:
1. Jarayon yoki tizimning mohiyati va qonuniyatlarini ochish;
2. Ob’yektning optimal ishlashi yo`lini aniqlash;
3. Ob’yektning statik va dinamik xususiyatlarini aniqlash va shunga o`xshashlar.
Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik, kimyoviy hisoblashlar tizimidir.
Umuman olganda Mathcad-bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo`llashning umumiy kompleksidir. U o`z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig`ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan.
Mathcad paketi muxandislik va hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo`lib, u professional matematiklar, texnoliglar uchun mo`ljallangan. Uning yordamida o`zgaruvchi va o`zgarmas parametrli algebraik va differentsial tenglamalarni yechish, funktsiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar, grafiklar qurish va boshqa
shunga o’shash vazifalarni bajarish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni yechish uchun o`z dasturlash tiliga ham ega.
Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o`xshash. Mathcad ishga tushurilgandan so`ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasidan iborat bo’lib ular quyidagi tartibda: Standart (Standart),Formatting (Formatlash) va Math (Matematika).Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag`i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to`plamini o`z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo`yichabir necha buyruqlarni o`z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o`z ichiga olgan bo`lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo`llaniladi (1-rasm).1-rasm. Mathcad paketi oynasi va uning matematik panel vositalari. Colculator (Kolkulyator) – asosiy matematik operatsiyalar shabloni; Graph (Grafik) – grafiklar shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini bajarish shabloni; Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish operatori; Colculus (Hisoblash) – ifferentsiallash, integrallash, summani hisoblash shabloni; Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar; Programming (Dasturlashtirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish operatorlari; Greek (Grekharflari) -symbolik belgililar ustida ishlash uchun operatorlar.