Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini amalga oshirish. Hisobli eksperiment



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə8/10
tarix25.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#197070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
yangisi Hafiza

Ilmiy tadqiqotlar yangi texnologiyasining asosiy xususiyatlari. Hisoblash tajribasini tavsiflar ekanmiz, ushbu texnologiyani boshqa ob‘yektlarni o`rganishga osonlik bilan ko`chirishga imkon beruvchi
mukammalligini qayd etish juda ham muhim. Ushbu vaziyat umuman olganda matematik modellashtirish uchun xos xususiyat. Chunki ko`pgina hodisa va jarayonlar bir xil matematik modellarga ega.
Hisoblash tajribasining qayd etilgan ko`p maqsadli yo`nalishi hamda metodologik mukammalligi matematik modellashtirishning to`plangan tajribasi, hisoblash algoritmlari banki va dasturiy ta‘minot asosida yangi masalalarni tez hamda samarali yechishga imkon beradi.
Hisoblash tajribasining ikkinchi xususiyati uning sohalararo xarakteridir. Biz amaliy matematik umumiy maqsadga tezroq erishish maqsadida nazariyotchi hamda tajribachini birlashtirgani to`g`risida gapirib, bu vaziyatni har doim qayd etib turamiz. Hisoblash tajribasiga aqliy mehnatning umumiy shakli ko`rinishida qaralishi mumkin. Uning umumiy qismida nazariyotchi ham, tajribachi ham, amaliy matematik va dasturchi ham ishlaydi.
Hisoblash tajribasining amaliy tajribaga nisbatan quyidagi farqli xislatlarini hamda ustuvorliklarini qayd etish mumkin.
Birinchidan, hisoblash tajribasi naturali tajribani amalga oshirish imkon bo`lmagan paytda ham o`tkazilishi mumkin. Bunday holat keng ko`lamdagi ekologik tajribalarda kuzatiladi. Masalan, atom qurolini ishlatganda global iqlimiy o`zgarishlarni modellashtirishni qayd etaylik. Yoki termoyadroviy parametrlarda jarayonlarni o`rganish (atom bombasini portlatish)dan boshqa ularga erishish yo`li yo`q.
Ikkinchidan, hisoblash tajribasidan foydalanishda ishlab chiqarish narxi pasayadi hamda vaqt tejaladi. Buning sababi - bajariladigan hisoblashlarning ko`p variantliligi, u yoki bu haqiqiy sharoitlarning tasvirlanishi uchun ishlab chiqarilgan zamonaviy matematik modellarning soddaligidir.
Tassavur etish uchun kompyuterlardagi hisoblashlar ko`p marta foydalanishga mo`ljallangan «Shuttle» kosmik kemasini yaratish paytida aerodinamik trubalarda o`tkaziladigan tajribalarning o`rnini bosganini qayd etib o`tish mumkin. Yangi mahsulotlar hamda texnologiyalarni yaratish og`ir, qimmat va uzoq vaqt mobaynida etkaziladigan qurilmalar bilan bog`liq. Hisoblash bosqichlari aynan shu bosqichda vaqt hamda pulni tejash imkonini beradi.
Tajribaviy tadqiqotlar ma‘lumotlari matematik modellarni mukamallashtirish, masalaning taqribiy yechimi aniqligini nazorat qilish uchun qo`llaniladi. Bunday tadqiqot an‘analarida biz matematik modelga ta‘sir o`tkazamiz hamda natijalarni qayta ishlaymiz. Ayrim hollardagina shaxsiy «uskunamiz» aniqligini etalon bilan solishtirib
tekshiramiz. Nazariy tadqiqot an‘anasiga ko`ra, obyekt bilan emas, uning matematik modeli bilan ish tutamiz. Ushbu umumiy xislatlarni hisoblash interpretatsiyasining foydasiga qo`shimcha argumentlar, keng ma‘noda esa ilmiy tadqiqotlarning integratsiyalashuvchi texnologiyalari deb qabul qilamiz.
Hisoblash tajribasini ilmiy tadqiqotlarning yangi texnologiyasi, ustuvorlikda esa ilmiy tadqiqotlar rivojining mantiqi, tendentsiyasi sifatida qabul qilish kerak. Hozirgi paytda u ko`pincha tor ma‘noda,
«buyurtmachi- amaliy matematik» zanjiri bo`yicha amalga oshiriladi. Ilmiy tadqiqotlarning umumiy texnologiyasida tajribaviy hamda nazariy tadqiqotlarning tor bog`lanishi hozirgi vaqtning yorqin tendentsiyasidir. Ushbu metodologiyaning asosiy tuguni matematik modellashtirish hamda hisoblash eksperimenti sanaladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin