Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238


II. 3. Mehnat haqi hisobini hujjatlarda rasmiylashtirish



Yüklə 430,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix13.12.2023
ölçüsü430,95 Kb.
#175687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

II. 3. Mehnat haqi hisobini hujjatlarda rasmiylashtirish
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to’g’ri tashkil qilish uchun, eng 
avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to’g’ri yuritish lozim. Хodimlarni ishga qabul qilish, 
ishdan bo’shatish, boshqa ishga o’tkazish, ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan 
tashqari vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli ma’lumot 
bo’lgandagina korxona xodimlari bilan o’z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana 
shu maqsadda korxona kadrlar bo’limi shaxsiy tarkib hisobini hamda boshqa 
xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi. 
Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun quyidagi hujjatlardan foydalaniladi: 
Т-1 shakli
. Ishga qabul qilish haqida buyruq. 
Т-2 shakli
. Shaxsiy varaqa. 
Т-5 shakli
. Boshqa ishga o’tkazish haqida buyruq. 
Т-6 shakli
. Тa’til berish haqida qayd. 
Т-8 shakli
. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq. 
Ish vaqtini hisobga olish uchun Т-12 shaklidagi maxsus tabeldan foydalaniladi.
Тabel
- bo’lim, brigada, sex xodimlarining nomma-nom ro’yxati bo’lib, undan ish 
vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi. 
Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi bo’yicha 
ramiylashtiriladigan barcha hujjatlarda ko’rsatilib boradi. 
Hisobot davri boshlanishidan avval o’tgan oydagi tabeldan xodimning ism-sharifi 
ko’chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtini sarflashi shartli belgilar yordamida 
hisobga olib boriladi. Masalan, mehnat ta’tilidagilar «Т», kasallik varaqasi bo’yicha 
ishga chiqmayotganlar «K» harfi va hokazolar bilan belgilanadi. 
Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki xil usulda amalga 
oshiriladi. Birinchi usulda barcha ishga chiqqan, kechikkan va ishga chiqmagan 
xodimlar to’liq ro’yxat qilib boriladi. Ikkinchi usulda esa tabelda faqat kechikkanlar, 
ishga chiqmaganlar, ya’ni ma’lum me’yordan chetga chiqqan xodimlar ro’yxat qilib 
boriladi. 
Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga va oy 
oxiriga, ya’ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Тabel sex boshlig’i tomonidan 
imzolanadi va buxgalteriyaga ish haqi hisoblash uchun topshiriladi.
Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash uchun tabel 
ma’lumotlari yetarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi hujjatlardan 
foydalaniladi: 
-
Ishbay ishlash uchun naryadlar; 
-
Raportlar; 
-
Marshrut varaqalari; 
-
Qaydnomalar; 
-
Bichish kartalari va hokazo. 


Mahsulotni hisobga olish bo’yicha birlamchi hujjatning eng keng tarqalgan turi 
naryaddir. Ko’pchilik korxonalarda 
naryad
ayrim ishchi yoki brigada tomonidan 
bajariladigan har bir ishlab chiqarish topshirig’iga alohida yoziladi. Тopshiriqlar 
sexning reja-dispetcher byurosi tomonidan sexning ishlab chiqarish rejasiga muvofiq 
texnologik karta asosida to’ldiriladi. Ishchi tomonidan topshiriq bajarilgandan keyin 
ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki bajarilgan ish hajmi bajarish uchun sarflanishi 
lozim bo’lgan material me’yori va haqiqatda berilgan materialning soni topshiriqda 
ko’rsatiladi. Bu, o’z navbatida, ish haqini topshiriq asosida hisoblashdagina emas, 
balki materiallar sarfining belgilangan me’yoriga rioya qilinishi ustidan nazorat olib 
borish imkonini ham beradi. 
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi marshrut varaqalari tizimida yuritiladi. 
Odatda, 

Yüklə 430,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin