21 1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI» 129. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimlar baytalning orqasidan poylab
go‘ristonga boradi va Go‘ro‘g‘lini arvoh deb o‘ylab kasal bo‘lib qoladi?
A) qirqqa yaqin yilqichilar
B) qirqqa yaqin dehqonlar
C) o‘ttizga yaqin yilqichilar
D) o‘ttizga yaqin dehqonlar
130. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obrazning tengdoshlariga
nisbatan sho‘xliklari, o‘zidan kattalarga ham tegajoqlik va zo‘ravonlik qilishi
undagi alplik alomatlarining badiiy tasviri hisoblanadi?
A) Holmonning
B) Rustambekning
C) Gajdumbekning
D) Go‘ro‘g‘lining
131. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon: «Rustam kelbatli,
pahlavon, qo‘rqmas va jasur, o‘ziga ishongan podshoh. Uning mingan oti
chin tulpor bo‘lib, uni quvib yetib bo‘lmas edi», – deya ta’riflanadi?
A) Shohdorxon
B) Rayhon arab
C) Go‘ro‘g‘li
D) Odilxon
132. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Taka turkmanning begi kim?
A) Jig‘alixon
B) Gajdumbek
C) Shohdorxon
D) Odilxon
133. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon nega Taka-Yovmit
madrasalaridagi katta-kichik mullavachchalarni ayaydi?
A) hammasi yosh bola bo‘lgani uchun
B) Ravshanbekdan qo‘rqqanligi uchun
C) ularni qul qilib ishlatish uchun
D) urush boshlanayotganligi uchun
134. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida uchraydigan «mehtara» so‘zining
ma’nosini toping.
A) mehr-oqibat ko‘rsatmoq
B) suv solinadigan mesh, sanoch
C) qiblani ko‘rsatib turuvchi tomon, mehrob
D) mag‘rib tomon
135. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimning to‘qson turli chitdan bo‘lgan
ko‘rpasi borligi aytiladi?
A) Bibi Hilolning
B) Rayhon arabning
C) Xoljuvonning
D) Xumoroyning
136. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon va Odilxon o‘rtasida
bo‘lib o‘tgan jang tufayli Go‘ro‘g‘lining ota-onasi qaysi elga borib qolib,
musofirchilikda voyaga yetadi?
A) Zargar
B) Mari
C) Yovmit
D) Shirvon