56 .
4-§. NOSIRUDDIN RABG‘UZIY «…bani I sroildan erdi. O‘n qarindosh erdilar. Otalari I s’hoq otlig‘ ... qamug‘idin (barchasidan) kichik erdi. Tun-kun yig‘layur erdi ibodat ichinda». A) Yusuf payg‘ambar
B) Sulaymon payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar
D) Dovud payg‘ambar
14. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada qaysi payg‘ambar
Allohdan duo qilib o‘ziga bir hunar so‘raydi?
« I ziyo (egam-ey), manga bir hirfa (hunar) o‘rgatgil. Aning birla qazg‘achiligi (nasibamni) yeyayin. Xalq mani so‘zlamasunlar». A) Yusuf payg‘ambar
B) Dovud payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar
D) Sulaymon payg‘ambar
15. «Qisasi Rabg‘uziy»da insonlarning mast holda yurishi, umuman, spirtli
ichimliklar ichishini qoralovchi aqida tasdig‘i uchun qaysi hikoyat keltirilgan?
A) «Luqmon va uning xojasi» hikoyati
B) «Uzum hikoyati»
C) «Yilon va qarlug‘och» hikoyati
D) «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyati
16. Quyidagi ma’lumotlar «Qisasi Rabg‘uziy»da nomi zikr qilingan qaysi
payg‘ambar haqida?
«Dovud payg‘ambarning o‘n ikkinchi, kenja o‘g‘li. U ham boshqa akalariday «olim, faqih, oqil» yigit edi. Dovud podshohligi unga meros qoldi. Ammo otasiga o‘xshab o‘z hunarini ham qo‘ymas edi. U temirchilik hunarini oliy darajaga yetkazdi. Bu hunarning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi». A) Yusuf payg‘ambar
B) Ya’qub payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar
D) Sulaymon payg‘ambar
17. «Qisasi Rabg‘uziy»da kimlar bilan bog‘liq qissalar bayonida xalq og‘zaki
ijodining bevosita ta’siri ko‘rinadi?
1) Sulaymon payg‘ambar;
2) Luqmoni hakim;
3) Dovud payg‘ambar;
4) Nuh payg‘ambar.
A) 3, 4
B) 1, 2, 4
C) 1, 2, 3
D) 1, 4
18. «Qutadg‘u bilig»da Qo‘zi burji sifatida tilga olingan, Quyosh yili hisobidagi
birinchi oy nomi bo‘lib, hozirgi mart oyiga to‘g‘ri keladigan, Qo‘y burjining
arabcha nomini toping.
A) javzo
B) hamal
C) shabon
D) savr