55 4-§. NOSIRUDDIN RABG‘UZIY 7. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»dan olingan quyidagi parchada
qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.
«Andin so‘ng, Nuh alayhissalom ikki marta suv berdilar, biri behishti zanjabildin erdi, andin ... paydo bo‘ldi. Biri salsabildin, andin ... paydo bo‘ldi». A) shinni, sirka
B) sirka, shinni
C) chog‘ir, sirka
D) shinni, sag‘roq
8. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da suv kirib yotgan
kemaning teshigini qaysi obraz berkitadi?
A) ilon
B) qarlug‘och
C) toshbaqa
D) fil
9. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da oru (ari) gung
bo‘lib g‘ingshib qolganida, uning ahvolini qaysi jonzot tushuntiradi?
A) qo‘ng‘iz
B) sichqon
C) qaldirg‘och
D) baqa
10. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»ning so‘nggida
qaysi jonzotning odamga yaxshilik qilib, odam farzandi bilan bir uyda
yashashi aytiladi?
A) sichqonning
B) arining
C) mushukning
D) qaldirg‘ochning
11. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani»
hikoyatida mo‘rcha qaysi voqeadan keyin Sulaymon payg‘ambarga: «Baxil
ekansiz», – deydi?
A) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir ilm
tilaganini eshitganidan keyin
B) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir baxt
tilaganini eshitganidan keyin
C) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir mulk
tilaganini eshitganidan keyin
D) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir hunar
tilaganini eshitganidan keyin
12. «Qisasi Rabg‘uziy» o‘zbek nasrining eng qadimiy namunalaridan biri
bo‘lib, unda nechanchi asrlardagi o‘zbek adabiyotining bir qator o‘ziga xos
xususiyatlari juda yorqin namoyon bo‘lgan?
A) XIII asr oxiri XIV asr boshlaridagi
B) XII asr oxiri XIII asr boshlaridagi
C) XI asr oxiri XII asr boshlaridagi
D) XIV asr oxiri XV asr boshlaridagi
13. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada kim ta’riflangan?