partiyalarning rolini kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilanganligi mazkur
yo‘nalishda yanada zamonaviy mexanizmlarni joriy etish masalani belgilaydi.
Strategiyamizning birinchi ustuvor yo’nalish ,,Davlat va jamiyat qurilishi tizimini
takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” – sifatida nomlangan bo’lib, uning
birinchi bandi ,,Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni
modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada
kuchaytirish:[1]- deb belgilanishi ham sohada siyosiy partiyalar tizimini rivojlantirish
va davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning ro’lini kuchaytirish, ular o’rtasida
sog’lom raqobat muhitini shakllantirishga muhim qadamlardan biri bo’ldi.
Maqolada mavzuga doir adabiyotlar tahlilida mazkur jarayonning tarkibiy
qismlaridan biri hisoblangan ko`ppartiyaviylik tizimi bugungi kunda rivoj
topayotganligi va siyosiy partiyalarning islohotlar jarayonidagi, jamiyatni yangilash va
modernizatsiya qilish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdagi ahamiyati
kuchayib borayapti qiyosiy tadrijiy o’rganildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Partiya degani - bu mansab
uchun, lavozim uchun kurash emas, balki muayyan g`oya uchun, uning jamiyatda
ustuvor bo`lishi va ro`yobga chiqishi uchun kurash demakdir. Agar partiya ma’nosini
mana shu nuqtai nazardan tuchunar ekanmiz, qancha partiya bo`lsa bo`laversin,
ularning faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beriladi” [2,b.35].
Adabiyotlar tahlillarida turli xil partiyalarning mavjud bo`lishi natijasida
jamiyatda siyosiy fikr, qarashlarning xilma-xilligi (plyuralizm) vujudga kelishi
ta’kidlangan. “Plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi va qarashlarning rang-barangligi
ma’rifiy jamiyatga xos bo`lib, muayyan haqiqatni turlisha izohlash, tuchunish va talqin
etish tamoyiliga asoslanadi” [3,b.19].
Ma’lumki partiyalarning demokratiyani shakllantirishdagi bevosita ta’siri ularning
jamoat tashkiloti ekanliklaridan kelib chiqadi, ya’ni siyosiy partiya xalq
hokimiyatchiligini amalga oshirish maqsadida aholining ijtimoiy fikrini ifodalovchi