partiya fraksiyalarining Oliy Majlis faoliyatidagi hamda
partiya guruhlarining xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari ishidagi
faolligining o‘sishi, parlamentda muxolafatning shakllanishi (2005–2006 yy.).
Beshinchi bosqich - siyosiy partiyalar faoliyatining yangi konstitutsiyaviy qonun
asosida jadallashuvi (2007-2016).
Oltinchi bosqich
- bunda davrga xos xususiyatlar siyosiy partiya boshqaruvida
innovatsion g’oyalarning kirib kelishi, modernizatsiya jarayonlari,xalqaro aloqalarning
kengayishi, yangi partiyalar vujudga kelish jarayonlari va hokazolar (2017– hozirgi
davrgacha).
O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimi vujudga kelishining obektiv zarurati va
shakllanish bosqichlari
yuzasidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
-
Respublikamizda ko‘ppartiyaviylikning shakllanishi murakkab, serqirra muammo
bo‘lib, nafaqat mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni bilishni, balki respublikamiz va
boshqa mamlakatlarning huquqiy-tarixiy tajribasini ham o‘rganishni talab qiladi;
-
Siyosiy partiyalarning shakllanish bosqichlari
huquqiy, ijtimoiy-falsafiy, sotsiologik,
iqtisodiy va boshqa ko‘plab jihatlarga ega bo’lib,
demokratik islohotlar jarayonida
siyosiy partiyalar shakllanishining huquqiy va tashkiliy asoslariga bevosita ta’sir
etgan;
-
Demokratik islohotlar jarayonida siyosiy partiyalar shakllanishi, ularning faoliyatini
huquqiy tartibga solish mexanizmlari rivojlanishiga ham turtki bo’lib, bosh vazifasi
alohida olingan fuqarolar, ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini birlashtirib
berdi;
Prezidentimiz jamiyat va davlat hayoti haqida ,,Hayotning o‘zi va xalqning
talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo‘lgan yangi va yanada
murakkab vazifalarni qo‘ymoqda [10],-ta’kidlagan. Yurtboshimizning bu da’vatidan