O’zbekiston respublikasioliyva o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/45
tarix13.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#175845
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Kitob 3944 uzsmart.uz

A’zolik badallari –
21-son BHMS ga muvofiq a’zolik badallarining 
hisobi 8830 “A’zolik badallari” schyotining kreditida va pul mablag‘lari 
schyotlarining ( 5010,5110,5210 ) debetida aks ettiriladi. Yig‘ilgan a’zolik 
badallari 
jamiyatning 
faoliyatini 
rivojlantirishga 
sarflanadi. 
Jamiyat 
tugatilganda to‘plangan a’zolik badallari uning qarzlarini qoplashga 
yo‘naltiriladi. 

Maqsadli foydalanish uchun soliq imtiyozlari 

Ushbu maqsadli 
tushumlarning hisobi maxsus Nizomga, shuningdek 21- son BHMS ga muvofiq
8840 “Maqsadli ishlatishga doir soliq imtiyozlari” schyotida yuritiladi. Ushbu
imtiyozlarga ega xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soliqlarni Soliq Kodeksi va 
ularga doir yo‘riqnomalar asosida hisoblaydilar. Hisoblangan soliq summasi 
korxona ixtiyorida qoldirilganda quyidagi yozuv qilinadi: 
Debet_6410_“Byudjetga_to‘lovlar_bo‘yicha_qarz_(turlari_bo‘yicha)”_Kredit'>Debet
6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” 
Kredit
8840 “Maqsadli ishlatishga doir soliq imtiyozlari” 
Soliq imtiyozlari ma’lum muddatga berilgan bo‘lsa, ushbu muddat 
tugagach, boshqa hollarda esa hisobot yilning oxirida maqsadli ishlatishga doir 
berilgan soliq imtiyozlari korxonaning rezerv kapitaliga qo‘shiladi va unga 
quyidagi yozuv qilinadi: 
Debet
8840 “Maqsadli ishlatishga doir soliq imtiyozlari” 
Kredit
8530 “Bepul olingan mulk” 
Soliq imtiyozlari sifatida olingan maqsadli tushumlarning analitik hisobi
soliq to‘lovlari turlari bo‘yicha olib boriladi.

Boshqa maqsadli tushumlar-
 
bu turli yuridik va jismoniy jaxslardan 
ma’lum maqsadlar uchun olingan mablag‘larning majmuasi. Ularga, masalan, 


30 
ota –onalarning bolalar bog‘chasi uchun to‘lovlari, boshqa korxonalardan 
tushgan mablag‘lar va boshqalar kiradi. 21-son BHMS ga muvofiq boshqa 
maqsadli tushumlarning hisobi 8890 “Boshqa maqsadli tushumlar” schyotining 
kreditida va pul mablag‘lari schyotlarining debetida aks ettiriladi. Ushbu 
schyotning debetida maqsadli tushumlarning ishlatilishi aks ettiriladi.
1)
Xizmat qiluvchi xo‘jaliklarning harajatlarini bir qismi ushbu maqsadli 
tushumlar hisobidan qoplanganda: 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin