der Erteilung des Visums folgt kein Anspruch auf Schadensersatz, wenn ich die Voraussetzungen nach Artikel 6 Absatz 1 der Verordnung (EU) Nr. 2016/399 (Schengener Grenzkodex) nicht erfülle und mir demzufolge die Einreise verweigert wird. Die Einreisevoraussetzungen werden bei der Einreise in das europäische Hoheitsgebiet der Mitgliedstaaten erneut überprüft. Viza talabnomasiga rad javobi berilganida viza badali qaytarilmasligi menga ma´lum.
Multi viza so´ralayotganda:
Shengen shartnomasiga a´zo davlatlariga bo´ladigan birinchi vа keyingi safarlarim uchun yetarli tibbiy
sug´urta zarurligi menga ma´lum.
Ushbu talabnomada ko´rsatilgan barcha ma´lumotlar, fotosuratlar vа zarurat bo´lsa, barmoq izlarini olish
viza talabnomasini ko´rib chiqish uchun zarurligi menga ma´lum. Talabnomada ko´rsatilgan shaxsiy
ma´lumotlarim, barmoq izlarim vа fotosuratim Shengen shartnomasiga а´zo davlatlarning mutasaddi
idoralariga yuboriladi vа ushbu idoralar tomonidan viza talabnomam bo´yicha qaror qabul qilinishida
qo´llanilishiga roziman.
Viza talabnomam bo´yicha hamda berilgan vizani bekor qilish yoki muddatini uzaytirish borasidagi qabul
qilingan qarorlar to´g´risidagi ma´lumotlar Viza ma´lumotlar tizimi (VIS)gа kiritiladi vа uzog´i bilan besh
yil muddatga saqlanadi. Shengen hududi vа uning tashqi chegaralarida vizalarni tekshirish vakolatiga egа
bo´lgan idora vа xizmatlar, shuningdek boshpana beruvchi immigratsiya xizmatlari ushbu ma´lumotlardan
ko´rsatilgan vaqt davomida foydalanishlari mumkin. Maqsad Shengen davlatlari hududiga qonuniy kirish,
vaqtincha turish vа yashash talablari bajarilayotgani, hamda ushbu talablarga amal qilmayotgan yoki amal
qilmay qo´ygan shaxslarni aniqlash, shuningdek boshpana berish to´g´risidagi iltimoslarni ko´rib chiqish vа
bu jarayon uchun mas´ulni aniqlashdan iborat. Terrorizm vа boshqa qo´poruvchilik harakatlari bilan
bog´liq bo´lgan qonunbuzarliklarni aniqlash, oldini olish vа uni o´rganish maqsadida ushbu ma´lumotlar
ma´lum shartlar asosida shartnomaga a´zo davlatlarning tegishli xizmatlari vа Evropol tomonidan
qo´llanilishi mumkin. Shengen shartnomasiga a´zo davlatda ma´lumotlarni qayta ishlash uchun mutasaddi
idora (Bundesverwaltungsamt, D-50728 Köln, EU-VIS@bva.bund.de).
Shengen shartnomasiga а´zo har qanday davlatdan turib viza ma´lumotlar tizimi (VIS)dа men haqimda
qanday ma´lumotlar saqlanganini vа bu ma´lumotlar qaysi davlat tomonidan berilganini bilishga haqliligim
menga ma´lum. Shuningdek men haqimda ko´rsatilgan noto´g´ri ma´lumotlarni to´g´rilashga vа qonunga
xilof ravishda qo´llanilgan shaxsiy ma´lumotlarimni bekor qilishga ariza berishga haqliman. Mening
arizamni ko´rib chiquvchi idora menga ta´luqli bo´lgan ma´lumotlarni tekshirish, unga o´zgartirish kiritish
yoki tegishli davlat qonunchiligida ko´zda tutilgan tartib asosida bekor qilish huquqimdan foydalanish,
shuningdek boshqa qoidalar haqida ma´lumot beradi. Tegishli davlat nazorat idorasi [murojaat uchun
ma’lumotlar: Der Bundesbeauftragte für den Datenschutz und die Informationsfreiheit, Graurheindorfer
Str. 153, 53117 Bonn, Tel.: +49(0)228-997799-0, poststelle@bfdi.bund.de, www.bfdi.bund.de] shaxsiy
ma´lumotlarni himoya qilish bo´yicha shikoyatlarni ko’rib chiqishga mas´ul sanaladi.
Talabnomada o´z ixtiyorim bilan ko´rsatgan ma´lumotlarning to´g´ri va to´liqligini tasdiqlayman. Menga
ma´lumki,yolg´on ma´lumotlar rad javobi berilishiga yoki berilgan vizani bekor qilishga sabab bo´lishi,
shuningdek mening viza talabnomamni ko´rib chiqayotgan davlat qonunchiligidan kelib chiqqan xolda
jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.
Agar viza berilsa, uning amal qilish muddati tugagunga qadar Shengen shartnomasiga a´zo davlat hududini
tark etish majburiyatini olaman. Vizaning mavjudligi Shengen shartnomasiga а´zo davlat hududiga kirish
shartlaridan biri ekanligi haqida ma´lumotga ega bo´ldim. Shengen kodeksining (ЕК) №2016/399 raqamli
chegaralar to´g´risidagi reglamenti 6-modda, 1-qismi talablariga javob berilmasa vа uning oqibatida viza
berilganiga qaramasdan Shengen hududiga kirish ta´qiqlansa, yetkazilgan zararni qoplash uchun
kompensatsiya talab qilinmaydi. Kirish shartlari nechog´liq bajarilgani Shengen shartnomasiga a´zo bo´lgan
davlat hududiga kirishda qayta tekshiriladi.