Pedagog respublika ilmiy jurnali


PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI



Yüklə 128,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix13.12.2023
ölçüsü128,89 Kb.
#176089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Abduraximov Shoxrux Shuxratjon o‘g‘li

PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
4 – SON / 2022 - YIL / 15 - DEKABR 
www.bestpublication.org
 
255 
tomondan, axborot olish mexanizmining zamonaviy texnologiyalar sharoitiga to„g„ri 
kelmasligidir. 
Hozirgi kunda fuqarolarning axborot olish bilan bog„liq huquqlari to„laligicha 
zamonaviy elektron tizimga o„tkazilmagani bir qator muammolarni va qiyinchiliklarni 
keltirib chiqarmoqda. Bu kamchiliklar, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi davrida yaqqol 
sezildi. Fuqarolar o„zlariga kerakli bo„lgan ma‟lumotlarni masofadan turib ola 
olmaganligi tufayli ayrim sohalarda juda katta muammolar vujudga keldi. Xususan, 
pandemiya davrida ishsizlik avj olgan paytlarda ishsiz sifatida ro„yxatdan o„tish, 
ijtimoiy yordam olish masalalarida masofadan turib axborot olishning imkoni yo„qligi 
aholining katta qismida hukumatga nisbatan norozilik kayfiyatini shakllantirdi. 
Bundan tashqari, pandemiya asoratlariga qarshi kurashish, ijtimoiy yordamga muhtoj 
aholini iste‟mol tovarlari bilan ta‟minlash, qo„shimcha kasalxona va izolatsiya uchun 
maxsus xonalarni qayta konstruktsiyalash, eng so„nggi preparatlar, kerakli tibbiy 
jihozlar bilan kasalxonalarni jihozlash uchun yillar davomida xalqimizning tinimsiz va 
og„ir mehnatlari bilan jamg„arilgan davlat budjeti mablag„lari, ijtimoiy fondlar va 
jamg„armalar 
mablag„larini 
maqsadli 
sarflanishi 
haqidagi 
axborotning 
ochiqlanmaganligi ham keyinroq juda katta ommaviy noroziliklarga sabab bo„ldi.
 
Bizning yurtimizda shu davrgacha qabul qilingan ikkita axborot olish huquqini 
kafolatlovchi asosiy qonun mavjud. Bulardan birinchisi O„zbekiston Respublikasining 
“Axborot olish kafolatlari va erkinliklari to„g„risida”gi 1997-yil 24-apreldagi Qonuni 
bo„lib, unda fuqarolarning Konstitutsiyamizning 29-moddasida belgilangan “har kim 
o„zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish”
19
huquqini kafolatlaydi va uni 
amalga oshirish mexnizmini qisman belgilaydi. Ikkinchi qonun esa O„zbekiston 
Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to„g„risida”gi Qonuni 
bo„lib, unda Konstitutsiyamizning 30-moddasida “O„zbekiston Respublikasining barcha 
davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning 
huquq va manfaatlariga daxldor bo„lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan 
tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim”
20
deb belgilangan fuqarolarning 
davlat organlari va tashkilotlaridan axborotni so„rab olish huquqi bilan bog„liq 
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. 
Konstitutsiyamizning 30-moddasida belgilangan fuqarolarning davlat organlari
idoralari, jamoat birlashma va tashkilotlaridan o„zlarining manfaatlariga daxldor 
axborotni olish huquqini hozirgi texnologiyalar asrida ta‟minlashning ham bir qancha 
usul va vositalari mavjud. Avvalo, ushbu huquqni mustahkamlagan O„zbekiston 
Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to„g„risida”gi Qonuniga 
binoan fuqarolar o„z manfaatlariga daxldor bo„lgan axborotni davlat idora va 
tashkilotlaridan, vazirlik, qo„mitalardan, ma‟muriy organlari, jamoat birlashmalari
19
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son. URL: 
https://lex.uz/docs/-20596 
20
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son. URL: 
https://lex.uz/docs/-20596 



Yüklə 128,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin