O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


-MAVZU. DAROMAD VA XARAJATLAR HAMDA MOLIYAVIY NATIJALAR



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə356/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   362
Аудит УМК

17-MAVZU. DAROMAD VA XARAJATLAR HAMDA MOLIYAVIY NATIJALAR 
AUDITI 
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR 
1. Auditorlik tekshiruvida korxonada yakuniy moliyaviy natijani aniqlashda berilgan 
provodkalardan birining xato ekanligi aniqlandi. Quyidagi buxgalteriya yozuvlaridan qaysi birini 
auditor xato, deb hisoblagan? 
A. Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlar)” schoti,
Kredit 9110-“Sotilgan mahsulot tannarxi” schoti. 
B. Debet 9010-“Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad”, schoti. 
Kredit 9900-“Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlar)” schoti. 
C. Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlar)” schoti. 
Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti. 
D. Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlar)” schoti. 
Kredit 9810-“Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar” schoti. 
E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 
2. Auditor sotilgan mahsulotlarning tannarxi bo‘yicha hisob ma’lumotlarini qaysi registrdan oladi? 
A. Jurnal order №6; 
B. Jurnal order №11; 
C. Jurnal order №10; 
D. Jurnal order №15; 
E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 
3. Auditorlik tekshiruvi natijasida mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar 
operatsion daromadlar tarkibiga qo‘shilganligi aniqlandi. Qonunchilikka binoan bu turdagi daromad 
qaysi qatorga qo‘shilishi kerak? 
A. Mahsulot sotishdan olingan sof tushum. 
B. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar. 
C. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar. 
D. Favqulodda daromadlar. 
E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 
4. Auditor tekshiruv jarayonida quyidagi ko‘rsatkichlardan qaysi birini moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobotdan olmaydi? 
A. Favqulodda foyda. 
B. Olingan dividendlar. 
C. Tekinga olingan mol-mulk. 
D. Olingan foizlar. 
E. Ijobiy valuta kursi. 
5. Sotilgan mahsulotning qaytarib olinishiga qanday provodka beriladi? 
A. Debet 9050-“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schoti. 
Kredit 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar” schoti. 
B. Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlar)” schoti. 
Kredit 9050-“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schoti. 
C. Debet 9110-“Sotilgan mahsulot tannarxi” schoti. 
Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar”. 
D. Debet 9040-“Sotilgan tovarlarning qaytarilishi” schoti. 
Kredit 5110-“Hisob – kitob hisobvarag‘i” schoti. 
E. to‘g‘ri javob keltirilmagan. 
6. Auditorlik tekshiruvi natijasida yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar moliyaviy 
daromadlar tarkibiga qo‘shilganligi aniqlandi. Qonunchilikka binoan bu turdagi daromad qaysi 
qatorga qo‘shilishi kerak? 
A. Mahsulot sotishdan olingan sof tushum. 
B. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar. 
C. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar. 



Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin