O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə359/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   362
Аудит УМК

 
 
Mazkur fanni chuqur o’rganish iqtisodiy hodisa va jarayonlar, ularning samarasi va 
natijaviyligi yuzasidan joriy va istiqbolli, zamonaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda 
ularni amalda qo’llay olishga o’rgatadi.
Kursni o’qitishning maqsadi va vazifalari: “Audit” fanini o’qitishdan maqsad – talabalarda 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan 
o’tkazish, moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi hamda hisobotini rasmiylashtirish, 
auditning professional xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni 
shakllantirishdan iborat. 
Ushbu maqsadga erishish uchun fan bo’yicha talabalarga O’zbekiston Respublikasida 
auditorlik faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari; auditorlik kasbiga malakaviy 
va axloqiy talablar; auditda muhimlik tushunchasi va auditorlik riski; auditorlik tekshirishni 
rejalashtirish; auditorlik tekshirish vaqtida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rganish 
hamda baholash; auditorlik dalillar; ekspert ishlaridan va boshqa auditorlik tashkiloti 
ma’lumotlaridan foydalanish; auditorlik tanlash; auditorlik hisoboti va xulosasi; uzoq muddatli 
aktivlar auditi; joriy aktivlar auditi; majburiyatlar auditi; xususiy kapital hamda daromadlar va 
xarajatlar auditi haqida quyidagi nazariy-amaliy bilimlarni o’rgatishdan iborat:
Talaba: 
- auditorning kasbiy faoliyati;
- audit fanining ob’ekti, predmeti va usullari; 
- auditorlik tekshiruvlarini tashkil e auditorlik faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va 
tashkiliy asoslari;
- auditorlik kasbiga malakaviy va axloqiy talablar;
- auditda muhimlik tushunchasi va auditorlik riski; 
- auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish; 
- auditorlik dalillar; 
- auditorlik tekshiruvlarini yakuniy bosqichi;
-auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish;
- uzoq muddatli aktivlar auditi;
- joriy aktivlar auditi;
- majburiyatlar auditi;
- xususiy kapital auditi;
- daromadalar va xarajatlar auditining xususiyatlari 
haqida tasavvurga ega bo’lishi;
Talaba:
- auditorlik tekshiruvini o’tkazish usullarini; 
- auditorlik tanlash usullarini; 
- auditorlik tashkilotining ishchi hujjatlarini;
 
- auditorlik tekshiruvlarida tahliliy amallarni qo’llashni 
bilishi va ulardan foydalana olishi
;
Talaba:
- auditda muhimlik va risk darajalarini aniqlash; 
- auditorlik tekshiruvini rejalashtirish; 
- auditda ichki nazorat tizimini o’rganish va baholash;
-biznes jarayonlar bo’yicha auditorlik tekshiruvni tashkil etish;
 
-auditorlik tekshiruvi yakuni bo’yicha ishchi hujjatlarni shakllantirish; 
-auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tayyorlash va tuzish 
ko’nikmalakalariga ega 
bo’lishi kerak.



Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin