O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Muhimlik darajasini aniqlashning amaliy jihatlari



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   362
Аудит УМК

2. Muhimlik darajasini aniqlashning amaliy jihatlari 
Xalqaro audit standartlari bo’yicha Kengash (IASB) tomonidan muhimlik darajasini 
aniqlash bo’yicha qo’llanma ishlab chiqilgan. Masalan, 600-sonli “Guruhlar moliyaviy hisobotining 
auditi” nomli (ISA 600- Special Consideration Audits Group Financial Statements) auditning 
xalqaro standartlarida “ko’p kompanentli” tuzilmaga ega bo’lgan sub’ektlarda muhimlik darjasini 
aniqlashning qo’yidagi qoidalari keltirlgan: 
1) bo’limlar, filiallar, sho’’balar uchun muhimlik darajasi umumiy guruh uchun aniqlangan 
muhimlik darajasidan past bo’lishi lozim; 
2) har bir komponent uchun alohida muhimlik darajasi belgilanadi
3) komponent uchun belgilangan muhimlik darajasi “umumguruh” bo’yicha muhimlik 
darajasiga to’g’ridan to’g’ri bog’lanmagan, boshqacha qilib aytganda barcha komponentlar 
bo’yicha muhimlik darajalarining yig’indisi guruh bo’yicha aniqlangan muhimlik darajasidan 
yuqori bo’lishi mumkin. 
Auditning xalqaro standartlarida “komponent” atamasiga – guruh yoki komponentning 
rahbariyati tomonidan guruh moliyaviy hisobotlari tarkibiga kiritilishi lozim bo’lgan moliyaviy 
ma’lumotlar tayyorlanadigan tadbirkorlik sub’ekti yoki biznes faoliyatidir deb ta’rif keltirilgan. 
Komponent rahbariyati – Komponentning moliyaviy ma’lumotlarini tayyorlashga javobgar 
boshqaruv.
Yuqorida keltirlgan mulohazalarni misollarda ko’rib chiqamiz. 
Hajmi jihatdan bir biriga teng bo’lgan 5 ta sho’’ba korxonalar guruhi MHXS bo’yicha 


hisobot tayyorlashadi. Guruhlar bo’yicha balans jami summasi 100 mln. so’mni tashkil etgpn. 
Umumiy guruh uchun muhimlik darajasi 5 mln. so’m (balans jami summasining 5% i) qilib 
belgilangan. Bu yerda shuni e’tiborga olish lozimki, komponentlar miqyosida muhimlik darajasini 
belgilashda cheklovlar mavjud: 
-
kompanent bo’yicha muhimlik darajasi 1 mln. so’mdan kam belgilanmasligi shart
aks holda umumguruh uchun belgilangan muhimlik darajasiga etmasligi mumkin. Masalan, 
komponent bo’yicha muhimlik darajasini 800 ming so’m miqdorida belgilasak, unda komponentlar 
bo’yicha jami muhimlik darajasi 4 mln. so’mni tashkil etadi, bu esa biz yuqorida umumguruh uchun 
belgilangan muhimlik darajasidan (5 mln. so’m) kamdir;
-
komponent bo’yicha muhimlik darajasining maksimal chegarasi 5 mln. so’mdan 
ortiq bo’lishi mumkin emas. 
Birinchi holat konservativ yondashuv hisoblanib zarur bo’lmagan “kichik(ahamiyatsiz)” 
tuzatishlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi. Ikkinchi holat agressiv yondashuv bunda hisobot 
tayyorlanishi jarayonida muhim yo’l qo’yilgan xatoliklar tuzatilmasdan qolishi mumkin.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin