O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   362
Аудит УМК

 


 
11-MAVZU.AUDITORLIK TANLASH 


11-MAVZU. AUDITORLIK TANLASH 
REJA: 
1.Auditorlik tanlash haqida umumiy tushuncha va uning mohiyati 
2.Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakllantirish, tanlash risklari va 
natijalarini baholash 
3. Auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida tanlash va umumlashtirlgan dasturiy 
ta’minot sharhi 
4. Auditorlik tanlashning maqsadi va tanlash bilan bog’liq risklar 
5.Tanlashning statistik va nostatistik turlari 
 
 
Tayanch so’z va iboralar:
Auditorlik tanlash, reprezentativ tanlash, statistik tanlash
tasodifiy tanlash, ichki nazorat tizimi, ichki audit bo’limi, tanlashdagi xatolar, auditor etikasi va 
tajribasi, mos kelishini tanlab tekshirish, mohiyatan tanlab tekshirish, yoppasiga tekshirish, 
tekshiruv ob’ektlari. 
Korxonadagi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvolining auditor tomonidan to’g’ri 
baholanishi uning barcha keyingi ishlari muvaffaqiyatining garovidir. Chunki, auditorda mijoz 
hisobotini o’rganish va xodimlar bilan suhbat o’tkazish natijasida, hisobot to’g’ri va ishonchli 
birlamchi ma’lumotlar asosida tuzilganligiga mutlaqo ishonch hosil bo’lsa, u dastlabki hujjatlar va 
hisob registrlarini tanlab tekshiruvdan o’tkazishi mumkin.
Aks holda, auditor birlamchi ma’lumotlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligi, buxgalteriya 
xodimlarining bilim darajasi va ichki nazoratning tashkil etilishiga qoniqish hosil qilmasa, u juda 
puxta, odatda, yoppasiga tekshiruv o’tkazishi lozim.
Korxonaning butun moliya-xo’jalik faoliyatini yoppasiga tekshirish juda sermehnat ishdir. 
Ammo, auditor kasb etikasining me’yorlariga muvofiq mijoz-korxona moliyaviy hisobotining 
ishonchli (ishonchsiz) ligiga to’la ishonch hosil qi-lishi yoki u to’g’risida fikr bildirishdan bosh 
tortishi lozim.
Agar tekshiriladigan ob’ektlarining soni statistik tanlash usullarini talab qilmaydigan 
darajada kam bo’lsa, yoki auditorlik tanlash usulini qo’llash yoppasiga tekshiruv o’tkazishga 
qaraganda samarasiz bo’lsa, auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobidagi qoldiqlarni va 
muomalalarning schyotlarda aks ettirilishini yoki nazorat tizimi vositalarini yoppasiga tekshiruvdan 
o’tkazishi mumkin.
Auditor ko’p hollarda mijoz hisobotining ishonchliligiga o’rtacha darajada ishonch hosil 
qiladi. Bu ayrim hisob bo’limlari bo’yicha hisob yaxshi tashkil etilganligi, malakali mutaxassislar 
tomonidan amalga oshirilayotganligi, avtomatlashtirilayotganligi bosh buxgalter va yondosh hisob 
bo’linma-lari tomonidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilganligi bilan, boshqalari bo’yicha 
esa bunga teskari ahvol vujudga kelganligi bilan izohlanishi mumkin. Aynan hisobot 
ko’rsatkichlariga nisbatan ishonch hosil qilish darajasi o’rtacha bo’lganda auditorlik tanlash 
usullarini qo’llash zarur.
Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi 
tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan 
elementlardir.
Auditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash №530-«Auditorlik tanlash» (Audit 
Sampling) nomli xalqaro standartga muvofiq amalga oshiriladi. Bizning mamlakatda esa, auditorlik 
tanlash ishlari №14-«Auditorlik tanlash» nomli Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) 
asosida bajariladi. Shuning uchun ushbu standartga batafsilroq to’xtalib o’tamiz. Standartning 
maqsadi auditorlik tashkiloti uchun tekshiriladigan to’plamdan ma’lumotlarni tanlab olish va shu 
tarzda olingan axborotlarning natijalarini baholash qoidalarini o’rnatishdan iborat.
O’tkazilgan audit natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik xulosasi berishni ko’zda tutadigan 
auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishda, «tavsiya tavsifiga ega» deb ko’rsatilgan qoidalardan tashqari 
barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
Tanlab tekshirish ikki turli bo’lishi mumkin: 
1.
Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirish 


 
2.
Mohiyatan tanlab tekshirish.
Muvofiqlikni tanlab tekshirishning vazifalari. 
Tekshiriladigan hisobot davri ichida ichki 
nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan iborat. Bunga korxona rahbariyatining 
chetdan sotib olingan tovar-moddiy zahiralar va chet tashkilotlar xizmatlari uchun taqdim etilgan 
schet-fakturalarni to’lashga ruxsat etishi, korxonaga sotib olinayotgan tovar-moddiy zahiralar-ni 
nomlari, miqdori va sifati bo’yicha ularning tegishli hujjatlari bilan solishtirishi misol bo’ladi.
Mohiyatan tanlab tekshirishning vazifasi
ichki nazoratning buzilishini qiymat ifodasida 
o’lchashdan iborat. Mohiyatan tanlab tekshirish miqdoriy tanlab tekshirish deb ham ataladi. Bunga 
buxgalteriya hisobi schyotlarining qoldiqlari-ni, dastlabki hujjatlardagi yozuvlarni tasdiqlash, 
uchinchi shaxslardan tasdiqlar olish, xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlarini tahlil qilish misol bo’ladi.
Buxgalteriya hisobotining muayyan bo’limini tekshiruvdan o’tkazish tartibini ishlab 
chiqishda auditorlik tashkiloti tekshiruv maqsadlarini va ushbu maqsadga erishishni ta’minlaydigan 
auditorlik amallarini aniqlaydi. So’ngra auditor ehtimoldan holi bo’lmagan xatolarni aniqlashi
to’plash talab qilinadigan zarur dalil-isbotlarni baholashi va shunga asosan ko’rib chiqiladigan 
ma’lumotlar to’plamini aniqlashi zarur. Bu to’plam ma’lum tarzda identifikatsiyalanadigan birliklar 
yig’indisidan tashkil topishi mumkin. Auditorlik tashkiloti to’plam elementlarini tanlashni, audit 
o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishishga imkon beruvchi, eng samarali va tejamli tarzda 
o’tkazadi.
Har qanday tanlab tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
-
tanlash ko’lami; 
-
kuzatish birligi; 
-
tanlash birligi; 
-
tanlash uslublari; 
-
saylab olish hajmi; 
-
salmoqli (reprezentativ) tanlash; 
-
tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga tadbiq qilish.
Tekshiruv maqsadlariga erishish uchun tegishli tekshiriladigan to’plamni aniqlash zarur. 
Chunki, tanlash asosida qilinadigan xulosa aynan shu to’plamga taalluqli bo’ladi.
Tekshiriladigan to’plam
– bu ma’lum elementlar yig’indisidir. Auditda buxgalteriya 
yozuvlari (provodkalari), moddalar, yozuvlar to’plam elementlari sifatida tanlab olinib, ushbu 
tanlash ular haqida ma’lumot berishi lozim.
Tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun mijoz-korxonaning barcha hujjatlari 
turli 
belgilar – hujjatlar turi, moddiy javobgar shaxslar, vaqtinchalik izchilligi va boshqalar
bo’yicha 
ma’lumotlar o’xshash bo’laklarga bo’lib chiqiladi. Masalan, auditor ma’lum summadan yuqori 
debitor qarzlar haqidagi axborotlarni to’playdigan bo’lsa, u holda debitorlar bilan hisob-kitoblarga 
taalluqli bo’lgan, ammo belgilangan (shart qilib qo’yil-gan) summadan kam bo’lmagan barcha 
buxgalteriya hujjatlari, yozuvlar va hokazolar to’plami 
tekshiriladigan to’plam
bo’lib hisoblanadi.
Bunday turdagi tanlovda tanlash birligi kuzatish birligi bilan mos keladi. Bu mijoz 
korxonasida tayyorlangan yoki mijozning uchinchi shaxslardan olgan hujjatlaridir. Tanlash birligi 
va kuzatish birligi bir-biridan farq qiladi. Kuzatish birligi auditorlik tekshiruvida shartli qabul 
qilingan. Buxgalteriya hisobining har qanday bo’limi yoki sohasi, xo’jalik muomalalarining turi 
kuzatish birligi bo’lishi mumkin. Bitta kuzatish birligi ichida har xil tanlash birliklari bo’lishi 
mumkin. Tanlash birligi sifatida eng batafsil element aniqlanganda tanlov samaradorligi oshadi. 
Ammo, bunda ushbu element albatta tekshiriladigan bo’lishi shart.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin