Kerakli resurslar tashqi manbalardan turli tijorat shartlari
asosida jalb qilinib
ishlatiladi, ayrimlari sotib olinadi (xomashyo, materiallar, energiya va suv resurslari,
yoqilg‘i-moylash materiallari, texnika, texnologiya); ayrimlari ijaraga va lizingga
olinadi (asosiy vositalar, er); ayrimlari esa qarzga yoki kreditga olinadi (moliyaviy
resurslar).
Bunday resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanishning tadbirkor uchun
muhim jihatlari quyidagilar hisoblanadi: a) resurslarning har bir turiga nisbatan o‘z
ehtiyojini to‘g‘ri aniqlash; b) samarali manbalarni tanlash; v) o‘ziga ma’qul
shakllarda va shartlarda olish; g) zamonaviy. ilg‘or variantlarini tanlash; d)
ta’minotning uzluksizligi
va davomiyligiga erishish; e) ulardan o‘z faoliyatida
samarali foydalanish.
Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashning tashqi manbalaridan tijorat banklari va
kredit uyushmalari katta rol o‘ynaydi.
Tijorat banklarining asosiy vazifasi. operatsiyalari va xizmatlari quyidagilardan
iborat: - yuridik va jismoniy shaxslarning hisob varaqlarini ochish va yuritish hamda
ular bo‘yicha omonatlarni jalb qilish; - o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar
hisobidan hamda o‘z nomidan kreditlar berish; - mulkdor yoki mablag‘larni tasarruf
etuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomaga ko‘ra pul mablag‘larini
boshqarish; - yuridik va jismoniy shaxslardan chet el valyutasini naqd pulga va pul
o‘tkazish yo‘li bilan sotib olish va sotish; - pul mablag‘lari. veksellar. to‘lov va hisob-
kitob hujjatlari inkassatsiyasi; - majburiyatlarning bajarilishini ko‘zda tutadigan
uchinchi shaxslarga kafolatlar berish; - majburiyatlarning bajarilishi bo‘yicha
uchinchi shaxslardan talab huquqini sotib olish; - qimmatli qog‘ozlarni
chiqarish,
sotib olish, sotish, hisobga olish va saqlash, mijoz bilan shartnoma asosida qimmatli
qog‘ozlarni boshqarish va ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish; - trast
(mijozlarning mulkini ishonchli tarzda boshqarish) operatsiyalarini o‘tkazish; -
moliyaviy lizingni amalga oshirish; - moliyaviy injiniring (murakkab loyihalarni
moliyalash, balansning yuqori qismida operatsiyalar o‘tkazish, birlashish, sotib olish
bo‘yicha operatsiyalar, ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar)ni amalga oshirish; - bank
maslahati va axboroti xizmatlari ko‘rsatish, yuridik va jismoniy shaxslarga maxsus
binolar yoki erdagi seyflarni ijaraga berish.
Moliyaviy zahiralar sarmoyasini tarkibiga shuningdek asosiy fondlar, aylanma
fondlar, muomala fondlariga qo‘yilgan pul mablag‘lari kiradi.
Kredit qarzga pul olishning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Milliy
valyutadagi kredit mablag‘larining manbai bo‘lib tijorat
banklari va byudjetdan
tashqari fondlar qisoblanadi. Bular kichik biznesga yordam berish maqsadida amal
qiladi va mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalaridagi biznesni rag‘batlantiruvchi
imtiyozli kreditlar beradilar.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1563
O‘zbekiston xududida xo‘jalik sub’ektlarini kreditlash tijorat banklari
tomonidan qaytarib berish, to‘lov, ta’minlanganlik, muddatlilik va ajratilgan
mablag‘lardan foydalanishning maqsadli ishlatilishi sharti asosida amalga oshiriladi.
Zarar ko‘rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo‘lgan biznes sub’ektlariga kredit
berilmaydi, bundan tashqari, uzoq muddatli moliyaviy o‘pirilish va zararlarni qoplash
uchun kredit olib bo‘lmaydi.
Kredit olish uchun potensial qarz oluvchi ozining qarz oluvchi moliyaviy va
ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholash va o‘zi uchun quyidagilarni aniq belgilab
olishi shart: a) o‘z mahsuloti sotish bozorini (talab va taklifni o‘rganish); b) loyihani
ishlashi uchun kerak bo‘ladigan
tovar-moddiy boyliklarni, shuningdek, tayyor
mahsulotni sotish uchun zarur bo‘lgan shartnomalarning mavjudligi; v)
kreditlanayotgan tadbirlarni samaradorligi; g) hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib
tushishining davriyligi; d) kredit va uning foizlarini so‘ndirish manbalarining; e)
kredit uchun to‘lanadigan to‘lovni hisoblash va uni davriyligi.
Kichik biznesni yuritishga mablag‘ jalb etishning yana bir yo‘nalishi
mikrokreditlar hisoblanadi. Mikrokreditlar bir qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha
qulaydir: kredit olish qoidasi bir muncha soddalashtirilgan, garov ta’minotining
barcha
shakllari hal etilgan, kredit pullarining bir qismi naqd shaklida olinadi,
aylanma resurslar xaridi asosan kredit berish masalalari nisbatan oson hal etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi kredit mablag‘lari manbai
bo‘lib,
tijorat banklari, shuningdek byudjetdan tashqari fondlar (Mehnat vazirligi
qoshidagi bandlik yuzasidan yordam ko‘rsatish Fondi hamda deqqon va fermer
xo‘jaliklari Assotsiyasi qoshidagi dehqon va fermer xo‘jaliklarining rivojlanishiga
yordam berish fondi) hisoblanadi va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlanishiga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi kredit mablag‘lari manbai
bo‘lib, tijorat banklari, shuningdek byudjetdan tashqari fondlar (Mehnat vazirligi
qoshidagi bandlik yuzasidan yordam ko‘rsatish Fondi hamda dehqon va fermer
xo‘jaliklari Assotsiyasi qoshidagi dehqon va fermer xo‘jaliklarining rivojlanishiga
yordam berish fondi) hisoblanadi va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlanishiga yordam beradi.
Moliyaviy ta’minlashning imkonli manbalari quyidagilardir: - tijorat banklari; -
moliyaviy kompaniyalar; - investitsion kompaniyalar; - investitsion fondlar; - kredit
uyushmalari;
- xaridorlar; - mahsulot beruvchilar; - do‘st va tanishlar; - xayriya
tashkilotlari; - transkompaniyalar va banklarning trast bo‘linmalari; - davlat, xalqaro
va jamiyat tashkiloti va idoralar, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok
etuvchilar (ularning markaziy va mahalliy idoralari); - ishlovchilar; - dastgoh ishlab
chiqaruvchilar; - sug‘urta kompaniyalari; - nafaqa fondlari; - xususiy investorlar; -
moliyaviy maslahatchilar.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1564
Kichik biznesni kredit bilan ta’minlashni quyidagi shakllari mavjud: a) tijorat; b)
notijorat tashkilotlar orqali beriladigan; v) bank; g) davlat; d) iste’molchi; e) xalqaro.
Dostları ilə paylaş: