I bob. 3 - mavzu. UCH FAZALI TOK ZANJIRLARI VA ULARNI HISOBLASH. Reja:
3.1.
Uch fazali EYuK va tokni olish qurilmasi va uning ishlashi. Uch fazali generator va
iste’molchilarning yulduz sxemada ulanishi.
3.2.
Yulduz sxemada ulangan uch fazali tok zanjirini hisoblash, tok va kuchlanishlarning
vektor tasvirlarini qurish (iste’molchilarning simmetrik va nosimmetrik holatlarida).
3.3.
Uchburchak sxemada ulangan uch fazali tok zanjirini hisoblash, tok va
kuchlanishlarning vektor tasvirlarini qurish (iste’molchilarning simmetrik va nosimmetrik
holatlarida).
3.4.
Uch fazali simmetrik iste’molchilarning uchburchak sxemasidan yulduz sxemasiga
o‘tishda tok va quvvatlarning o‘zaro nisbati. Uch fazali zanjirlarda aktiv, reaktiv va to‘la
quvvatlar.
3.1. Uch fazali EYuK va tokni olish qurilmasi va uning ishlashi. Uch fazali generator va iste’molchilarning yulduz sxemada ulanishi. Uch fazali EYuK tizimning uch fazali toklari deb bir xil chastotali va fazalari o‘zaro 120
0
ga siljigan
uchta sinusoidal bir fazali toklar tizimiga aytiladi.
Uch fazali tizim yordamida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyani uzoq masofalarga uzatish, bir
fazali tizimga nisbatan samarali hisoblanadi.
Uch fazali EYuK tizimni hosil qilish, uni iste’molchilarga uzatish va bevosita iste’mol qilishda
qo’llaniladigan uch fazali sinxron generatorlar, motorlar, transformatorlar konstruktsiyasi ishlab
chiqarish uchun qulay va samarali, ularni ekspluatatsiyasi tejamli va ishonchlidir.
Texnologik tomondan uch fazali tizimlarda aylanuvchi magnit maydoni hosil qilish nisbatan qulayu
sanaladi. Sinxron va asinxron elektr motorlarning ishlash tamoyillari ushbu aylanuvchi magnit maydonning
tokli o ‘tkazgichga ta’siri hisoblanadi.
Uch fazali tizimga ta’rif, tushuncha va formulalar. Bir xil chastotali va fazalar bo’yicha o’zaro
120
0
siljigan uchta EYuK li zanjirdagi tok uch fazali tok deb ataladi. Uch fazali EYuK tizimi, uch fazali
iste’molchi va ularni o’zaro bog’lovchi o’tkazgichlar uch fazali zanjirni shakllantiradi.
Uch fazali generator EYuK larinig oniy qiymatlari quyidagicha ifodalanadi: