Elektrotehnika va elektronika


Uch fazali sistemaning afzalligi



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

Uch fazali sistemaning afzalligi. 
1. Uzoq masofaga elektr energiyasini uzatishda uch fazali toklar sistemasi, boshqa sonli o‘zgaruvchi 
toklar sistemasidan iqtisodiy jihatdan samaralidir. 
2. Sistema elementlari – uch fazali asinxron yuritgich va uch fazali transfrmatorlari tuzalishi juda 
sodda, materiallar sarfi kam va ishlashdagi puxtaligi esa, anchi yuqoridir. 
3. Agar uchgala fazada bir xil yuklama bo‘lsa, ya’ni simmetrik rejim bajarilganda sistemada oniy 
quvvat sinusoidal tokning har bir davrida o‘zgarmaslik xususiyatiga egadir. 
Nazorat savollari 
1.
Uch fazali tok nima ?
2.
Bir fazali elektr enrgiya iste’molchilarini qanday biriktirish yulduz usulida ulash deyladi ?
3.
Simmetrik iste’molchilar uchun liniya va faza kuchlanishlari orasidagi bog‘lanish qanday ? 
4.
Turt simli uch fazali sistemada nolinchi sim nima uchun ishlatiladi? 
5.
Uch fazali sistema EYuK sini grafik tasvirlang? 
6.
Uch fazali o‘zgaruvchan tok sistemasining afzalliklari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


63 
II bob.
 
ELEKTR O‘LCHASHLAR.
 
II bob. 4-mavzu.
METROLOGIYA VA ELEKTR O’LCHASHLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. 
Reja: 
4.1. Umumiy ma’lumotlar. 
4.2. Metrologiyaning aksiomalari va asosiy postulatlari. 
4.3. O‘lchash xatoliklari va o‘lchash natijalarini tahlil etish. 
4.4. Elektr o’lchashlar haqida. 
 
4.1 Umumiy ma’lumotlar. 
Ma’lumki, o`lchovshunoslik, o`lchov vositalari va usullarini yaratishda va ularning rivojlanishida
ayniqsa Sharq, xususan Markaziy Osiyo olimlarining hissasi katta bo`lgan.
Masalan, VIII – XI asrlarda yashab ijod qilgan vatandoshlarimizdan Al-Xorazmiy, Ahmad Al-
Farg`oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va Mirzo Ulug`bek kabi buyuk olimlarimiz
o`lchovshunoslik va o`lchov birliklarga oid bir qancha asarlar yozib qoldirishgan.
Buyuk alloma Al–Xorazmiyning (783 - 850) “O`lchashlar haqida” risolasida uzunlik, yuza,
hajmlarni hisoblash va o`lchash usullarini amalda qanday qo`llash haqida ma`lumotlar keltirilgan.
Uning “Quyosh to'g'risida”gi risolasida vaqtni aniq o'lchachga katta ahamiyat qaratilgan.
Vatandoshlarimizdan yana biri Axmad al-Farg'oniy (taxminan 798 - 865) dunyoda birinchi bo'lib 
861 – yilda Nil daryosi sathini o'lchaydigan asbobni kashf qilgan. Uning bu kashfiyoti o`sha davrda juda 
katta ahamiyatga ega bo`lib, daryo suvi sathini o'lchash natijasida qishloq xo`jalik ekinlarining u yoki bu 
turini ekish bo'yicha tavsiyalar berilar, ya'ni suv sathi maxsus belgidan past bo'lganda o'rtacha suv talab
qiladigan o'simliklar va belgidan yuqori bo'lganda ko'p suv talab qiladigan ekinlar ekish tavsiya 
etilgan. 
Rossiya olimi D.I. Mendeleyev o`lchashlar haqida “Har qanday fan o`lchashdan boshlanadi” degan 
ta`rifi bilan o`lchashning fan va texnika taraqqiyotida qanday ahamiyatga ega ekanligini 
ko'rsatgan[16,17]. 


64 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin