Elektrotehnika va elektronika



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

X
ya.d 
=
X
ya.q
bo‘lgani sababli, reaktiv 
moment hosil bo‘lmaydi.
 
12.7-rasm. Ayon qutbli sinxron motorning burchak tavsifi. 
 
12.3. Sinxron motorni ishga tushirish. 
Sinxron motorlarni ishga tushirishda qo‘zg‘atgich yakori rotorning qo‘zg‘atish chulg‘amiga oldindan 
ulab qo‘yiladi va stator chulg‘amini elektr tarmog‘iga ulab sinxron motomi asinxron motor singari 


165 
osongina ishga tushiriladi. Bunda aylanish tezligining ortishi bilan qo‘zg‘atish chulg‘amiga beriladigan 
o‘zgarmas tok ham asta-sekin ortadi, tezlik sinxron qiymatga yaqinlashganda motor o‘z-o‘zidan 
sinxronizmga tortiladi [4].
 
Demak, sinxron motorlarni ishga tushirishda, asosan, asinxron usul qo‘llaniladi. Buning uchun 
sinxron motorlarning rotori o‘zagiga qo‘zg‘atish chulg‘amidan tashqari, kataksimon qisqa tutashgan 
chulg‘am ham joylashtiriladi( 12.8-rasm). 
12.8-rasm. Sinxron motorlarni asinxron usulda ishga tushirish. 
Bu chulg‘am ishga tushirish chulg‘ami deb ataladi va uning yordamida sinxron motor asinxron 
motor singari ishga tushiriladi. Buning uchun, dastavval, uning qo‘zg‘atuvchi chulg‘ami razryad 
qarshiligiga tutashtirilib, so‘ngra stator chulg‘ami elektr tarmog‘iga ulanadi. Bunda stator chulg‘amidan 
uch fazali tok o‘tib, natijada 
n = 60f/p
chvstota bilan aylanuvchi magnit maydon hosil bo‘ladi. Statorning 
aylanuvchi magnit maydonning rotordagi qisqa tutashgan chulg‘am bilan kesilishi natijasida bu chulg‘amda 
EYuK va, demak, tok hosil bo‘ladi. Rotordagi tok bilan aylanuvchi magnit maydon o‘zaro ta’siri natijasida 
rotor 
n
p
=0,95n
chastota bilan aylana boshlaydi.
Sinxron motori rotorining 
n
p
chastotasi asinxron, ya’ni sinxronmas chastota deb ataladi. Asinxron 
chastota bilan aylanayotgan rotorning qo‘zg‘atuvchi chulg‘amini razryad qarshiligidan ajratib, unga 
o‘zgarmas tok berilsa, u holda stator va rotor magnit maydon qarama-qarshi qutblarining o‘zaro 
tortishish kuchi ortib, rotor sinxron chastota bilan aylana boshlaydi. Sinxron motorni asinxron usul bilan 
ishga tushirishda uning qo‘zg‘atuvchi chulg‘amida katta EYuK hosil bo‘ladi. Chulg‘am izolyatsiyasiga bu 


166 
EYuK dan bo‘lgan xavfni yo‘qotish uchun razryad qarshiligi 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin