Uchinchi bosqich Oklari bir vaqtning o‘zida yuqori kirish qarshiligi,
katta
kuchaytirish koeffitsienti va yuqori tezkorlikka ega. Bunday Oklarning o‘ziga xosligi
shundaki, ularda tok bo‘yicha juda katta kuchaytirish koeffitsienti (
β
= 10
3
÷ 10
4
) ga ega
bo‘lgan tranzistorlar qo‘llanilgan. Uchinchi avlod integral Oklariga K140UD6 turdagi
kuchaytirgichlar kiradi. To‘rtinchi avlod (maxsus) Oklarining ba’zi parametrlari rekord
qiymatlarga ega. Ularga, masalan, kuchlanish bo‘yicha
juda katta kuchaytirish
koeffitsienti (
K
U
= 10
6
) ga ega bo‘lgan K152UD5 turdagi, chiqish kuchlanishining ortish
tezligi yuqori (75 V/mksdankatta) bo‘lgan K154UD2 turdagi va kichiki ste’mol toki (0,5
mAdankam) ga ega bo‘lgan K140UD12 turdagi Oklar kiradi.
OKlarga inersiyasiz rezistiv (chiziqli) teskari aloqali zanjirlarning ulanishi.
(ОК) deb, analog signallar ustidan turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan,
differensial kuchaytirish prinsipiga asoslangan, kuchlanish bo‘yicha
katta kuchaytirish
koeffitsiyentiga ega bo‘lgan (КU=104÷106) integral o‘zgarmas tok kuchaytirgichiga
aytiladi. Bunday amallarga qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, integrallash,
differensiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi.
Hozirgi kunda OKlar
analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, ko‘paytirish, chastotani filtrlash,
generatsiyalash, signallarni barqarorlashda qo‘llanilib kelmoqda.
Buning uchun OKlarga musbat va manfiy teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA
zanjirlari yordamida OKlar yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar.
Qurilmalarning nomi ham shundan kelib chiqadi.
OKning elektr sxemalarda keltiriladigan shartli belgisi ko‘rsatilgan bo‘lib, uning
tarkibidagi ulanish elektrodlari, umumiy shina va tashqi
tahrirlovchi elementlar
ko‘rsatilmaydi. OKlarning standart grafik belgilanishi ko‘rsatilgan. Sxemada kuchlanish
manbaiga ulanish elektrodlaridan tashqari, kuchaytirgichning talab etilgan logarifmik
ACHX ko‘rinishini shakllantiruvchi chastotani korreksiyalovchi elektrodlar ham
ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: