O’zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi Muhammad


Umumiy ma’lumotlar. Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari



Yüklə 132,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix13.12.2023
ölçüsü132,12 Kb.
#176450
1   2   3   4   5   6   7   8
“Elektronika va sxemalar” Muqadamxon 690 21 2

Umumiy ma’lumotlar. Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari. 
OK ikkita kirishga ega: inverslaydigan (aylana yoki “-” ishora bilan belgilangan) va 
inverslamaydigan. Agar signal OKning inverslaydigan kirishiga berilsa, u holda 
chiqishdagi signal 1800 ga siljigan, ya’ni inverslangan bo‘ladi. Agar signal OKning 
inverslamaydigan kirishga berilsa, u holda chiqishdagi signal kirish signali bilan bir xil 
fazada bo‘ladi.
OKda ikki qutbli (±3 V... ±20 V) kuchlanish manbai qo‘llaniladi. Bu manbalarning 
ikkinchi qutblari, odatda, kirish va chiqish signallari uchun umumiy shina bo‘lib 
hisoblanadi va ko‘p hollarda OKga ulanmaydi.
OKlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra ideal kuchaytirgichlarga yaqin. Ideal kuchaytirgich:
cheksiz katta kuchaytirish koeffitsiyentiga; cheksiz katta kirish qarshiligi; nolga teng 
bo‘lgan chiqish qarshiligiga; inverslaydigan va inverslamaydigan kirishlarga, bir xil 
signal berilganda nolga teng bo‘lgan chiqish kuchlanishiga, cheksiz katta keng o‘tkazish 
polosasiga ega.
OKlar rivojlanishning uch bosqichidan o‘tdilar.
Birinchi bosqichda universal OKlar ishlab chiqilgan. Birinchi avlod OKlari n – p – n 
turli tranzistorlar asosida uch kaskadli tuzilma sxemasi bo‘yicha qurilgan bo‘lib, ularda


yuklama sifatida rezistorlar qo‘llanilgan. Bunday OKlarga K140UD1 va K140UD5 
turdagi kuchaytirgichlar kiradi. Bu OKlarning asosiy kamchiligi uncha katta bo‘lmagan 
kuchaytirish koeffitsiyenti (KU = 300÷4000) va kichik kirish qarshiligi (RKIR ≈ 4 kOm) 
edi.
Ikkinchi bosqich OKlarida bu kamchiliklar yo‘qotilgan, chunki ular ikki kaskadli 
sxemalardan tuzilgan. Tok bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan 
tarkibiy tranzistorlar qo‘llash va yuklamadagi rezistorlarni dinamik yuklamalarga 
almashtirish yo‘li bilan xarakteristikalarning yaxshilanishiga erishilgan.
Barqaror tok generatorlari dinamik yuklamalar bo‘lib, ular o‘zgaruvchan tokka 
nisbatan katta qarshilik qiymatini ta’minlaydilar.
Ikkinchi avlod ba’zi OKlarida kirish kaskadi p – n o‘tish bilan boshqariladigan n – 
kanalli MTlar asosida differensial sxema bo‘yicha bajarilgan. Bu holat OK kirish 
qarshiligini oshirishga imkon berdi. Ikkinchi avlod integral OKlariga КU = 45000 bo‘lgan


K140UD7 turdagi kuchaytirgich kiradi. Uning kamchiligi – tezkorligining 
chegaralanganligi.
Uchinchi bosqich OKlari bir vaqtning o‘zida yuqori kirish qarshiligi, katta 
kuchaytirish koeffitsiyenti va yuqori tezkorlikka ega. Bunday OKlarning o‘ziga xosligi 
shundaki, ularda tok bo‘yicha juda katta kuchaytirish koeffitsiyenti (β = 103 ÷ 104) ga 
ega bo‘lgan tranzistorlar qo‘llanilgan. Uchinchi avlod integral OKlariga K140UD6 
turdagi kuchaytirgichlar kiradi. To‘rtinchi avlod (maxsus) OKlarining ba’zi parametrlari 
rekord qiymatlarga ega. Ularga, masalan, kuchlanish bo‘yicha juda katta kuchaytirish 
koeffitsiyenti (КU = 106) ga ega bo‘lgan K152UD5 turdagi, chiqish kuchlanishining 
ortish tezligi yuqori (75 В/mks dan katta) bo‘lgan K154UD2 turdagi va kichik iste’mol 
toki (0,5 mA dan kam) ga ega bo‘lgan K140UD12 turdagi OKlar kiradi.


 


Yüklə 132,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin